Bortida 250 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan samolyot Pekindan Toshkentga parvoz qilmoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSamolet Boeing 757-231 aviakompanii "Uzbekistan Airways" v mejdunarodnom aeroportu Vnukovo imeni A. N. Tupoleva.
Samolet Boeing 757-231 aviakompanii Uzbekistan Airways v mejdunarodnom aeroportu Vnukovo imeni A. N. Tupoleva. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ular butun inkubatsion davrda karantinda ushlab turiladi. 14 kun davomida ularning oila a’zolari, qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashishiga ruxsat berilmaydi

TOShKENT, 4 fev — Sputnik. 2020-yilning 4-fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:30da  “Uzbekistan Airways” AJning charter reysi Pekin shahri aeroportidan Toshkent shahriga uchib ketdi. Bu haqda TIV mamlakatning Xitoydagi elchixonasi bergan ma’lumotga asoslanib xabar qilmoqda.

Sotrudnik sentra po profilaktike i borbe s koronavirusam obshayetsya cherez ratsiyu s kollegoy - Sputnik O‘zbekiston
Xitoydan olib kelinadigan O‘zbekiston fuqarolari 14 kun karantinda bo‘ladi - SSV

Qayd etilishicha, uning bortida Xitoyning qator hududlaridan 250 nafar O‘zbekiston fuqarolari va 13 nafar ekipaj a’zolari vatanga qaytmoqda.

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan Xitoydan qaytib kelayotgan barcha yo‘lovchilar Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga joylashtiriladilar.

Ta’kidlanishicha, u yerda butun karantin davrida malakali tibbiyot xodimlar kuzatuvi ostida bo‘ladilar hamda barcha zaruriy dori-darmon, tibbiyot vositalari va tegishli oziq-ovqat bilan bepul ta’minlanadilar.

“Uxan shahridan va Xitoyning boshqa mintaqalaridan olib kelinayotgan O‘zbekiston fuqarolari butun inkubatsion davrda karantinda ushlab turiladi. 14 kun davomida ularning oila a’zolari, qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashishiga ruxsat berilmaydi”, - deyiladi xabarda.

4 fevral kuni maxsus charter reys karantin hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun Uxan shahriga uchib ketishi rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0