TOShKENT, 3 fev - Sputnik. Namangan viloyati, Uychi tumanida bir dona million dollarlik qog‘oz pul sotmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati.
Fuqaro S.L. 1 000 000 dollarlik kupurasini fuqaro A.X.ga 10 000 dollar evaziga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan, - deyilgan xabarda.
Bank ma’lumotiga ko‘ra, 1 000 000 AQSh dollarlik banknota suvenir sifatida chiqarilgan va qonuniy to‘lov vositasi yoki valyuta hisoblanmaydi.
Mazkur holat yuzasidan S.L.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.