TOShKENT, 3 fev – Sputnik. Xitoyda koronavirusdan vafot etganlarni dafn etish taqiqlandi. Bu haqida Xitoyning ingliz tilida xabar tarqatuvchi Global Times nashri xabar bermoqda.
“nCoV2019 virusidan vafot etganlarning tanasi qisqa vaqt ichida eng yaqin krematoriyda yoqilishi kerak. Ularni dafn etish yoki qarindoshlariga berish ta’qiqlanadi. Dafn marosimlarida virus tarqalishi xavfi mavjud”, - deyilgan Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda dunyo bo‘yicha koronavirus yuqqan kishilar soni 15 mingdan, ushbu virusdan vafot etganlar soni 370 kishidan oshdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda bunday bemorlar hozircha qayd etilmagan.
Bodies of #nCoV2019 victims should be cremated close by and immediately. Burials or transfer of the bodies not allowed. Funerals not allowed to avoid spread of the virus: National Health Commission (File Photo) pic.twitter.com/IsAHnuY4Rk
— Global Times (@globaltimesnews) February 2, 2020