Qozog‘iston Uxandan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qildi

Obuna bo‘lish
Qozog‘iston Xitoydan 83 nafar fuqarosini olib keldi. Ulardan 80 nafari Uxan shahrida tahsil olgan talabalardir. Shuningdek, Qozog‘iston Qirg‘iziston, Belarus va Armaniston hukumatining murojaatiga binoan ushbu mamlakat fuqarolarini ham Uxan shahridan evakuatsiya qilgan.

TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Qozog‘iston hukumati o‘z fuqarolarini Xitoyning Uxan shahridan evakuatsiya qildi. Bu haqda Qozog‘iston bosh vazirining matbuot xizmati xabar qildi.

Vspishka pnevmonii neizvestnogo proisxojdeniya. Predvaritelno ustanovleno, chto vozbuditelem zabolevaniya stal noviy tip koronavirusa — 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston Xitoyga koronavirus bilan kurashda yordam beradi

Ta’kidlanishicha, Qozog‘iston fuqarolari 2-fevral kuni vatanga olib kelingan. Parvoz vaqtida ularga barcha himoya vositalari bilan ta’minlangan shifokorlar hamrohlik qilishgan.

“Qozog‘iston Respublikasi fuqarolarining salomatligi xavfsizligini ta’minlash maqsadida Favqulodda tibbiyot milliy muvofiqlashtirish markazi 83 nafar qozog‘istonliklarni vatanga olib keldi. Ulardan 80 nafari Xitoyning Uxan shahrida bo‘lgan talabalardir”, - deyilgan xabarda.

Olib kelinganlarning salomatligi tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgandan keyin ular poytaxt kasalxonasining maxsus ajratilgan korpusida 14 kunlik karantinga joylashtirilgan.

Shuningdek, Qozog‘iston Qirg‘iziston, Belarus va Armaniston hukumatining murojaatiga binoan ushbu mamlakat fuqarolarini Uxan shahridan evakuatsiya qilgan.

Yangiliklar lentasi
0