Antarktidadagi qutbchilar va sayyohlar turmush tarziga nazar

Obuna bo‘lish
Antarktida hech bir mamlakatga tegishli emas. Bu yerga sayyoh sifatida tashrif buyurish mumkin, ammo bu juda qimmat. U yerda hatto to‘ylar ham bo‘lib turadi, bolalar tug‘iladi. Biroq vafot etganlar qayerda dafn etiladi - batafsil maqolada.

TOShKENT, 2 fev - Sputnik, Svetlana Bayeva. Ikki yuz yil ilgari, 1820-yil 28-yanvarda rus dengizchilari Mixail Lazarev va Faddey Bellinsgauzen Antarktidani kashf etdilar. Hozirda u yerda 90 ga yaqin ilmiy stansiyalar, shu jumladan, rus, pingvinlar koloniyalari va boshqa tub jonzotlari mavjud. Yozda sayyohlar kelishadi, qutb tadqiqotchilar esa yil bo‘yi yashaydilar. Oq qit’aga qanday yetib borish haqida - RIA Novosti materialida.

Eng janubiy va eng sovuq

Antarktida hech bir mamlakatga tegishli emas. U yerda olimlar ishlaydi, dunyoning turli burchaklaridan sayyohlar keladi. Ammo sayohatchilar qiyin ob-havo sharoitlariga tayyor bo‘lishlari kerak.

O‘rtacha harorat 50 darajadan past. Minimal - minus 89,2 - qit’aning chuqur qismida joylashgan Rossiyaning "Vostok" stansiyasida qayd etilgan. Qutb kashfiyotchilari aytishlaricha,"minus" so‘zi deyarli ishlatilmaydi. Bu shunday ham aniq. Bu yer quruqligining eng janubiy va eng sovuq qismidir. Ammo bu yerda siz barni topishingiz mumkin, o‘t o‘chirish qismi va hatto tug‘ruqxona ham bor.

Rossiyaning "Bellinsgauzen" stansiyasida plyus darajali harorat ham bo‘ladi (fevralda o‘rtacha +1,1), bu joyni hazil tariqasida hatto kurort deb ham atashadi.

Antarktidaga qanday borish mumkin

Bu yerga sayyoh sifatida tashrif buyurish qiyin emas, ammo bu juda qimmat. Eng oson yo‘li - Ushuaidan (Argentina) layner orqali. Dasturlarning davomiyligi va yo‘nalishiga qarab narxi 6,5 ming dollardan boshlanadi. Argentinaga chipta alohida to‘lanadi. Uzoq sayohatlar mavjud – o‘ndan-o‘n besh ming dollargacha, VIP-kruiz 29 ming dollarga taklif qilinadi. Umuman olganda, sayohat uchun siz 50 ming dollar to‘lashga tayyor bo‘lishingiz kerak.

"Sayyohlar bir xil joyga kelishadi, hamma narsa aniq tashkil etilgan", - deb tushuntiradi Rossiya Fanlar akademiyasining Okeanologiya instituti guruhi rahbari Sergey Pisarev.

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishAntarktidadagi pingvinlar
Antarktidadagi qutbchilar va sayyohlar turmush tarziga nazar - Sputnik O‘zbekiston
Antarktidadagi pingvinlar

Antarktidadagi pingvinlar

Antarktidaga boradigan har bir kishi uchun asosiy qoida bu yerga begona mikroorganizmlarni olib kelmaslikdir. Kelganlardan hatto suv ham tortib olinadi (bu yerda suv qor, muz va toza ko‘ldan olinadi). Kiyimlarni esa dezinfeksiya qilishadi.

Bunday sayohatlar operatorlarining so‘zlariga ko‘ra, sog‘liq uchun maxsus talablar yo‘q. Favqulodda evakuatsiyani koplaydigan sug‘urta majburiy. "Agar siz jiddiy kasallikka chalingan bo‘lsangiz, u yerga bormasligingiz kerak, chunki bu boshqalar uchun og‘irlik tug‘diradi", deydi Konstantin Zaysev, qutb tadqiqotchisi, 1-darajali muz tadqiqotchisi.

Issiq, ammo "nafas oladigan" kiyimlar, termal ichki kiyim, quloq va peshonani yopadigan bosh kiyimi, yuzni shamoldan va sovuqdan himoya qiladigan niqob, qulay suv o‘tkazmaydigan iliq etik, qo‘lqop va varejki kerak bo‘ladi. Ko‘p narsani ijaraga olish mumkin. Durbin kerak bo‘lib qoladi va albatta fotoapparat kerak bo‘ladi.

Qutb tadqiqotchilari qanday yashaydi

"Har bir kishining o‘z xonasi bor", - deydi qishni Antarktida o‘tkazgan hujjatli kino rejissori Olga Stefanova va yashash sharoitlarini shunday tasvirlab beradi: "Umumiy kayut-kompaniya bor, unda kino tomosha qilish, choyxo‘rlik, leksiyalar o‘tkazish va gitara chalish mumkin. O‘yin xonasida ping-pong stoli mavjud. Sport zali bor, bitta umumiy oshxona, alohida yotoqxona".

Uning so‘zlariga ko‘ra, sakkizda hamma nonushta qiladi. Keyin ish joylariga tarqab ketishadi. Birgalikda bitta vazifani bajarish talab qilinadigan tig‘iz paytlar ham bo‘lib turadi. Soat ikkida - tushlik, keyin yana ish. Kechki yettida - kechki ovqat va bo‘sh vaqt. Shanba butun stansiya uchun cho‘milish kuni.

© Sputnik / V. Chistakov / Mediabankka o‘tishYerning Janubiy geomagnit qutbidagi yo‘nalish ko‘rsatkichi
Antarktidadagi qutbchilar va sayyohlar turmush tarziga nazar - Sputnik O‘zbekiston
Yerning Janubiy geomagnit qutbidagi yo‘nalish ko‘rsatkichi

Qutb kashfiyotchilari kabob tayyorlagani tashkariga chiqib turadilar, tabiatga chiqib turishadi, bir-birlarining oldiga borishadi. Masalan, Bellinsgauzen yaqinida Chilining "Frey" Chili qutb stansiyasi joylashgan. U yerda zobitlar o‘z oilalari - xotinlari va bolalari bilan yashaydilar.

Bayramlarni ham umumiy ham Antarktidanikilarni nishonlashadi. 22-iyun - qishki quyosh tik turishi bayrami asosiy hisoblanadi. Stansiyalarda kokteylli ziyofatlar tashkil etiladi, ularda 500 ming yillik muz qo‘shiladi, bilyard o‘ynashadi, tortlar yeyiladi va shampan vinosi ichiladi.

To‘ylar, tug‘ilgan kunlar va dafn marosimlari

Antarktidada hatto to‘ylar ham bo‘lib turadi, bolalar tug‘iladi. Bellinsgauzenda pravoslav cherkovi va Buromskiy orolida esa (Mirniy stansiyasi yaqinida) qabriston bor.

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishAntarktidadagi Muqaddas Uchlik cherkovi
Antarktidadagi qutbchilar va sayyohlar turmush tarziga nazar - Sputnik O‘zbekiston
Antarktidadagi Muqaddas Uchlik cherkovi

"Men bir necha yil oldin birinchi marta u yerda bo‘lib qutb tadqiqotchilari qabrlarining holatini ko‘rdim. Men ularni munosib holatga keltirishni juda xohlardim", deydi Olga Stefanova. "Antarktidada hech qanday yer yo‘q, shuning uchun odamlarni qoyalarga o‘rnatilgan metall sarkofagalarga dafn etishadi. 1956-yildan beri bizning stansiyalarda 77 kishi halok bo‘ldi, ulardan faqat yetti kishining jasadlari vatanlariga olib ketildi".

Uning so‘zlariga ko‘ra, xususiy xayr-ehsonlarni yig‘ishga muvaffak bo‘ldi, buning natijasida eski sarkofaglar zanglamaydigan metall bilan qoplandi,yzuvlar tiklandi. Qutb kashfiyotchilari kim va qayerda ko‘milganini eslashga yordam berdi. Keyin qurbonlarning qarindoshlari, do‘stlari, hamkasblarini qidirishga mashaqqatli ishga uch yil ketdi. Hikoyalar, xatlar, she’rlar, fotosuratlardan jamlangan noyob arxivini yaratishga erishdik.

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tish"Admiral Vladimirskiy" tadqiqot kemasi
Antarktidadagi qutbchilar va sayyohlar turmush tarziga nazar - Sputnik O‘zbekiston
"Admiral Vladimirskiy" tadqiqot kemasi

O‘lganlar orasida chet elliklar ham bor. Masalan, shveysariyalik Bruno Sender - pingvinlarning eng yaxshi fotografi. U 1997-yilda navbatdagi suratga olish ketayotib halok bo‘ldi.

"Odatda, uni hech kim bezovta qilmasligi uchun yolg‘iz ketar edi, tabiat bilan uyg‘unlashib noyob kadrni amalga oshira olish fursatini ushlab qolar edi", - deb eslaydi Konstantin Zaysev.

Pingvinlar traktorni "ta’mirlaydilar"

Qit’aning tub aholisi pingvinlar: imperator, Adel va boshqa turlari. Pomornik, burevestnik, albatros kabi qushlarni uchratish mumkin. Sutemizuvchilardan faqat dengizda yashaydiganlari: Ueddell tulenlari, dengiz qisqichbaqalari bilan oziqlanuvchi tulenlar, dengiz qoplonlari, dengiz fillari. Sohilda delfinlar va kitlarni ko‘rish imkoniyati ham bo‘lib turadi.

© Sputnik / Zorin A. / Mediabankka o‘tishDengiz qisqichbaqalari bilan oziqlanuvchi tulenlar
Antarktidadagi qutbchilar va sayyohlar turmush tarziga nazar - Sputnik O‘zbekiston
Dengiz qisqichbaqalari bilan oziqlanuvchi tulenlar

"Pingvinlar juda qiziquvchan va samimiy. Ular o‘zlari stansiyaga kelib, derazalardan qarashadi", - deydi Olga Stefanova. - Mexanik traktorni tuzatayotgan mahalda yoniga kelib diqqat bilan tomosha qilib, o‘zaro bir nimalarni gaplashishadi.

Tulenlarga o‘ziga yaqinlashishga qo‘yadi, lekin ularni silab bo‘lmaydi, ular axir yirtqichlardir.

Jonivorlar va qushlarni sayyohlar bezovta qilmaydilar, ayniqsa yoz paytida (Rossiyada qish bo‘lgan paytda) ular o‘n minglab bo‘lganida. Sayohatchilar pingvinlar bilan suratga tushib ketishadi. Uzoq muddatli sayohatlar ham bo‘lib turadi: Antarktidada poygalar, yurishlar, kino festivallari va konsertlar o‘tkaziladi. Bu yerda 2013-yilda hatto Metallica konsert berdi.

Yangiliklar lentasi
0