Xitoydan rossiyaliklar harbiy samolyotlarda evakuatsiya qilinadi – Putin buyrug‘i

© Sputnik / Anna Ratkoglo / Mediabankka o‘tishSituatsiya v Pekine v svazi s epidemiyey koronavirusa
Situatsiya v Pekine v svazi s epidemiyey koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin topshirig‘iga asosan rossiyaliklar Xitoydan harbiy samolyotlarda evakuatsiya qilinadi. Parvozlar bugundan boshlanadi.

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning buyrug‘iga asosan Xitoyda koronavirus epidemiyasi eng kup tarqalgan hududlardan rossiyaliklarni evakuatsiya qilish uchun Havo-kosmik kuchlariga tegishli bo‘lgan samolyotlar jalb etiladi. Bu haqda prezident bosh kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Passajiri v zone mejdunarodnix priletov aeroporta Vladivostoka - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada koronavirus bilan kasallangan ikki shaxs aniqlandi

Bugundan boshlab samolyotlar qatnovi boshlanadi.

Pekindagi Rossiya elchixonasi Xubey viloyatini zudlik bilan tark etmoqchi bo‘lgan fuqarolar ro‘yxatini tuzilishi haqida e’lon qildi. Evakuatsiya qilingan fuqarolar 14 kunlik karantinda bo‘ladi.

Xavfli koronavirus

Dekabr yakunida Xitoy hukumati Xubey provinsiyasi markazi bo‘lgan Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya tarqalishi haqida xabar qilingandi.

Keyinchalik, kasallik qo‘zg‘atuvchisi koronavirus 2019-nCoV ekani aniqlandi.

Virusning qurbonlari umumiy soni 259 nafarga yetdi, 11791 odam u bilan zararlangan. Bir kun ichida virus bilan kasallanganlar soni 2102 nafarga ko‘paygan. Kasallikdan tuzalganlar soni 243 nafarga yetdi.

Xitoydan tashqari Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSh, Kanada, Vyetnam, Singapur, Nepal, Fransiya, Avstraliya, Malayziya, Finlyandiya, BAA, Hindiston, Rossiyada uqtirish holati qayd etilgan.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi tipdagi koronavirusning avj olishini xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan favqulodda holat, deb tan oldi.

 

Yangiliklar lentasi
0