Shavkat Mirziyoyev Xitoy xalqiga chuqur ta’ziya bildirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Xitoyda yangi turdagi koronavirus sababli kelib chiqqan epidemiyaning fojiali oqibatlari munosabati Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga maktub yo‘lladi.

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyda yangi turdagi koronavirus sababli kelib chiqqan epidemiyaning fojiali oqibatlari munosabati Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga maktub yo‘lladi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyda yangi turdagi koronavirus sababli kelib chiqqan epidemiyaning fojiali oqibatlari munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga va do‘st Xitoy xalqiga chuqur ta’ziya bildirdi.
O‘zbekiston umumiy xatarga qarshi samarali kurashish maqsadida yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekani qayd etildi”, deyilgan xabarda.

Yangi koronavirus

Dekabr yakunida Xitoy hukumati Xubey provinsiyasi markazi bo‘lgan Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya tarqalishi haqida xabar qilingandi.

Keyinchalik, kasallik qo‘zg‘atuvchisi koronavirus 2019-nCoV ekani aniqlandi.

Virusning qurbonlari umumiy soni 259 nafarga yetdi, 11791 odam u bilan zararlangan. Bir kun ichida virus bilan kasallanganlar soni 2102 nafarga ko‘paygan. Kasallikdan tuzalganlar soni 243 nafarga yetdi.

Xitoydan tashqari Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSh, Kanada, Vyetnam, Singapur, Nepal, Fransiya, Avstraliya, Malayziya, Finlyandiya, BAA, Hindiston, Rossiyada uqtirish holati qayd etilgan.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi tipdagi koronavirusning avj olishini xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan favqulodda holat, deb tan oldi.

Yangiliklar lentasi
0