TIV Sankt-Peterburgda o‘zbek migrantlarining ish tashlashi yuzasidan bayonot berdi

© Sputnik / Aleksandr Galperin / Mediabankka o‘tishZdanie po adresu 4-ya Krasnoarmeyskaya ulitsa dom 4A v Sankt-Peterburge, gde raspolagayetsya generalnoe konsulstvo Uzbekistana v Rossii.
Zdanie po adresu 4-ya Krasnoarmeyskaya ulitsa dom 4A v Sankt-Peterburge, gde raspolagayetsya generalnoe konsulstvo Uzbekistana v Rossii. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston fuqarolarining ish tashlashi holati yuzasidan 2020-yil 28-yanvar kuni Bosh konsulxonada kompaniya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 31 yanv – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi kompaniyalardan birida ishlaydigan migrantlar, jumladan O‘zbekiston fuqarolarining ish tashlashda ishtirok etganlari to‘g‘risida ma’lumot tarqalgani munosabati bilan 2020-yil 28-yanvar kuni Bosh konsulxonada ushbu kompaniya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Narodnie tansori v natsionalnix kostumax vistupayut vo vremya torjestv  - Sputnik O‘zbekiston
Sankt-Peterburg migrantlar uchun bayramga 1,5 mln rubl sarflaydi

Aniqlanishicha, voqea 27-yanvar kuni mehnatga haq to‘lash shartlari noto‘g‘ri sharhlangani sababli kelib chiqqan. Qayd etilishicha, 2020-yil 1-yanvarga qadar ishga kirgan chet el fuqarolariga 11 oy ishlaganlaridan so‘ng bir oylik ish haqi miqdorida mukofot puli to‘lab beriladi. Ish hajmining kamayishi munosabati bilan mehnat shartnomasini 2020-yil 1-yanvardan keyin imzolagan ishchilarga mazkur tartib tatbiq etilmaydi.

28 yanvar kuni kompaniya vakillari brigada va bo‘linmalar rahbarlari bilan uchrashib vaziyatni tushuntirishgan. Nizo bartaraf etilgan hamda barcha ishchilar o‘z vazifalariga qaytgan.

Yangiliklar lentasi
0