TOShKENT, 31 yanv - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin XXR raisi Si Szinpinga Xitoyda avj olgan koronavirus munosabati bilan hamdardlik izhor qilingan telegrammani yo‘lladi, deb xabar qilmoqda Kreml matbuot-xizmati.
Rossiya prezidenti telegrammada bemorlarga tezroq sog‘ayishlarini tilagan. Rahbariyat sayi-harakatlari o‘laroq epidemiya tarqalishi to‘xtatiladi, deya ishonch bildirgan Putin.
"Rossiya prezidenti do‘st xitoy xalqiga barcha zarur yordamni ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi va Rossiyaning kompetent idoralari ushbu umumiy xavfni tezroq yengish maqsadida xitoyning tegishli tuzilmalari bilan eng yaqin hamkorlikka shayligini ma’lum qildi", - deyiladi xabarda.
O‘zbekiston SSV rahbari Xitoy fuqarolari uchun vizani cheklash tarafdori ekanligini ma’lum qildi >>>
Eslatib o‘tamiz, bugun Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi koronavirus avj olishini xalqaro ahamiyatga molik bo‘lgan favqulodda holat deb tan oldi. Koronavirus Xitoyda 213 insonni hayotdan olib ketdi, infeksiya bilan 9,7 mingga yaqin kishi zararlangan. Yana 100 kishi Xitoydan tashqarida, 18ta mamlakatlarda koronavirusga chalingan.