KXShT mashqlari 2020-yilda qayerda o‘tkaziladi

© Sputnik / Alexey Kudenko / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashie na seremonii otkritiya sovmestnix antiterroristicheskix ucheniy KSBR gosudarstv-chlenov ODKB na poligone "Xarbmaydon" v Tadjikistane
Voyennoslujashie na seremonii otkritiya sovmestnix antiterroristicheskix ucheniy KSBR gosudarstv-chlenov ODKB na poligone Xarbmaydon v Tadjikistane  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
KXShT birlashgan shtabi boshlig‘i general-polkovnik Anatoliy Sidorovning ta’kidlashicha, bu yil "qo‘shma operativ va jangovar mashg‘ulotlarga boy bo‘ladi".

TOShKENT, 31 yanv - Sputnik. Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga (KXShT) a’zo davlatlarning mashqlari 2020-yilda Rossiya, Armaniston, Belorusiya va Qirg‘izistonning o‘quv poligonlarida o‘tkaziladi, dedi tashkilot Birlashgan shtabi boshlig‘i general-polkovnik Anatoliy Sidorov matbuot anjumanida. 

"Kollektiv xavfsizlikning O‘rta Osiyo mintaqasida kollektiv tezkor qo‘shinlar kuchlari xalqaro terrorizmga qarshi kurashish uchun Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining kuchlari va vositalaridan foydalanishni sinovdan o‘tkazishga qaratilgan "Rubej" qo‘shma mashqlarini o‘tkazadilar", dedi Sidorov.

Kollektiv xavfsizlikning Kavkaz mintaqasida KXShTga a’zo davlatlarning harbiy kuchlari noqonuniy qurolli guruhlarga qarshi kurashni, Sharqiy Yevropa mintaqasida esa - qo‘shma razvedka amaliyotlarini olib boradi.

Sidorovning ta’kidlashicha, 2020-yilda "kollektiv xavfsizlikning barcha hududlari va tashkilotning kollektiv kuchlari tarkibiy qismlarini qamrab oladigan "tezkor va jangovar mashg‘ulotlar" o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2012-yildan beri KXShT a’zosi emas, lekin a’zo davlatlar bilan ikki tomonlama asosda hamkorlikni davom ettirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0