YeOII bosh vazirlari Olma-otada yig‘ilishdi: ular qanday mavzularni muhokama qilishadi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishFlag s simvolikoy Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YeAES)
Flag s simvolikoy Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YeAES) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Global iqtisodiyotining raqamli kelajagi" forumi juma kuni Qozog‘istonning janubiy poytaxtida bo‘lib o‘tmoqda. Undan keyin, soat 14.00da, Yevroosiyo hukumatlararo kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 31-yanvar - Sputnik. 31-yanvar kuni Olmaotada an’anaviy ravishda tor va kengaytirilgan shaklda Yevrosiyo hukumatlararo kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda Rossiya, Qozog‘iston, Armaniston, Belarus va Qirg‘iziston bosh vazirlari: Mixail Mishustin, Asqar Mamin, Nikol Pashinyan, Sergey Rumas, Muxammedkaliy Abilgaziyev ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozog‘iston.

Flagi stran uchastnis YeAES, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston YeOIIga qo‘shilmoqchimi?

Tor doiradagi uchrashuv mahalliy vaqt bilan soat 14: 00da boshlanadi va hozirda Qozog‘iston, Rossiya va Belarus hukumatlari rahbarlari, Armaniston va Qirg‘iziston bosh vazirlarining o‘rinbosarlari "Global iqtisodiyotning raqamli kelajagi" forumida ishtirok etmoqdalar. Bu yil uning asosiy mavzusi - katta ma’lumotlar va sun’iy intellekt asosida mintaqaning barqaror rivojlanishini yo‘llari.

Mixail Mishustin uchun Qozog‘istonga tashrif yangi lavozimdagi chet elga amalga oshirayotgan birinchi safardir.

"Bosh vazir sifatida birinchi marta Qozog‘istonga tashrif buyurganimiz ramziy ma’noga ega. Bizni uzoq vaqtdan beri do‘stlik va sheriklik aloqalarini bog‘lab turadi", dedi Mishustin qozog‘istonlik hamkasbi Asqar Mamin bilan uchrashuvda. Rossiya Vazirlar Mahkamasi rahbari so‘zlarini RIA Novosti iqtibos keltiradi.

Olmaotadagi uchrashuvda bosh vazirlar 12 ta masalani muhokama qilishlari kutilmoqda. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII-YeAES) faoliyati va uning meyoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish munozaraning asosiy yo‘nalishi hisoblanadi.

YeOII erkin savdo hududini kengaytirmoqda - Sputnik O‘zbekiston
YeOII erkin savdo hududini kengaytirmoqda

"Hukumat rahbarlari xalqaro qoidalar va boshqa integratsiya birlashmalarining tajribasini hisobga olgan holda, YeAESning maxsus himoya, antidemping va qoplash choralarini qo‘llash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha bir qator masalalarni, shuningdek, a’zo davlatlarning tegishli meyoriy-huquqiy bazani o‘zgartirish bo‘yicha takliflarini ko‘rib chiqadilar", - dedi Elmir Tagirov Rossiya xukumati apparati rahbarining o‘rinbosari tashrif oldidan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, YeOIIning yagona tovar bozori samaradorligini oshirish maqsadida "fitosanitariya va veterinariya nazorati sohasida milliy kuzatuv ma’lumot tizimlari va axborot tizimlarining integratsiyasini muhokama qilish", shuningdek davlat xaridlari sohasidagi milliy rejim faoliyatining ayrim jihatlari muhokama qilinadi.

Shuningdek, uchrashuv doirasida bosh vazirlar alkogol mahsulotlarining o‘zaro savdosida millatlarusti tartibga solishni joriy etish to‘g‘risidagi bitim loyihasini ishlab chiqish jarayonini muhokama qilish va YeAESning raqamli transport koridorlarining ekotizimini shakllantirish bo‘yicha harakatlar rejasini tasdiqlash niyatida. Elmir Tagirovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu reja "Ittifoqning transport va logistika bozori ishtirokchilari o‘rtasidagi muvofiqlikni yaxshilashga yordam berish uchun ishlab chiqilgan".

Yangiliklar lentasi
0