Bunaqasi bo‘lmagan: Murodjon Ahmadaliyev WBA va IBF chempioni bo‘ldi

© SportsweekMurodjon Axmadaliyev zavoyeval 2 chempionskix tituda IBF i WBF Super
Murodjon Axmadaliyev zavoyeval 2 chempionskix tituda IBF i WBF Super - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Murodjonning raqibi - amerikalik bokschi Deniel Roman IBF va WBA Super toifalari bo‘yicha jahon chempioni kamarlari sohibi edi.

TOShKENT, 31 yanv - Sputnik. Eng yengil vaznda ishtirok etuvchi o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev professional ringda o‘zining sakkizinchi jangini o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda MMA Boxing portali.

Uning raqibi bo‘lgan amerikalik bokschi Deniel Roman IBF va WBA Super toifa kamarlari sohibi edi. 

Ikkita chempionlik kamarlari uchun bo‘lib o‘tgan jang Florida shtatining Mayami shahrida Demetrius Andrade tashkil qilgan boks kechasi doirasida bo‘lib o‘tdi.

12 raund  davom etgan jang ikkala bokschi uchun ham oson bo‘lmadi. Jang natijalarini hal qilishda hakamlardan 2tasi Ahmadaliyev tarafida bo‘lsa qolgan 2tasi amerikalik bokschi tarafida bo‘ldi. Bahslardan hakamlar yakuniy g‘alabani Ahmadaliyevga topshirishdi.

Shunday qilib, Murodjon Ahmadaliyev 8ta professional  jangdan so‘ng boksning 2t yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempionligini  qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik birinchi bokschiga aylandi.

G‘alaba e’lon qilinganidan so‘ng sportchining ko‘zidan yosh chiqib ketdi. Murodjon o‘z jamosi a’zolari, yaqin kishilari, ustozi va qarindoshlariga minnatdorlik  bildirdi va ularning yordamisiz bunday natijalarga erisha olmagan bo‘lishini aytdi.

Yangiliklar lentasi
0