O‘zbekistonda migrantlarga uy ajratish tartibi belgilandi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaStroitelstvo mnogoetajnix domov v Yakkasarayskom rayone Tashkenta
Stroitelstvo mnogoetajnix domov v Yakkasarayskom rayone Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ariza beruvchi talabgor sifatida yozma tavsiyani olish uchun komissiya raisiga hujjatlarni va so‘rovnoma-arizani taqdim etadi. Bu 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi.

TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Hukumatning 2020-yil 29-yanvardagi 39-sonli qarori bilan Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga ko‘p kvartirali uylardan xonadonlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, uy-joylar imtiyozli ipoteka krediti asosida har yili tuman(shahar)lardan belgilangan tartibda ajratiladi.

Uy-joy ajratish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

- ariza beruvchi talabgor sifatida yozma tavsiyani olish uchun talabgorlarni tanlash bo‘yicha komissiya raisiga doimiy yashash joyi bo‘yicha hujjatlarni va so‘rovnoma-arizani taqdim etadi;

Inostrannie rabochie - Sputnik O‘zbekiston
Qanday mehnat migrantlariga imtiyozli kreditga uy beriladi?

- komissiya hujjatlarni 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi;

- komissiya arizani ko‘rib chiqishda uy-joy sharoitini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlarini qator ijtimoiy mezonlar asosida (talabgor nomida uy-joy yo‘qligi, ijarada turishi, boshqa oila bilan bir uyda yashashi, ko‘p bolalilik va b.) aniqlaydi;

-  arizani ko‘rib chiqish va uy-joy sharoitini o‘rganish natijasida komissiya yozma tavsiya berish yoki yozma tavsiya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;

- yozma tavsiya berilgan talabgorlar dastlabki shartnomalarni tuzish uchun injiniring kompaniyasi filialiga murojaat qiladi.

2020 yil dasturlari doirasida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari uchun ipoteka kreditlarini ajratish bo‘yicha:

- imtiyozli davr – 1 yil;

- kreditdan foydalanishning birinchi 5 yili davomida har yili foiz stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir meyorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston hududlarda migrantlarga ajratilgan uylar soni ochiqlangani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0