Toshkentning qaysi tumani birinchi bo‘lib yopiq issiqlik ta’minot tizimiga o‘tishi ma’lum bo‘ldi

© Press-slujba xokimiyata g. TashkentSostoyalas vstrecha zamestitelya xokima Tashkenta Baxtiyora Raxmankulova s koreyskoy kompaniyey CMENTECH CO. LTD. i konsultantami Aziatskogo banka razvitiya
Sostoyalas vstrecha zamestitelya xokima Tashkenta Baxtiyora Raxmankulova s koreyskoy kompaniyey CMENTECH CO. LTD. i konsultantami Aziatskogo banka razvitiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Loyiha amalga oshirilishi natijasida gaz sarfining tejalishi hamda transportirovka vaqtida issiqlik sarfi 30%dan ortiqqa pasayishi kutilmoqda.

TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Mirzo Ulug‘bek tumani birinchi bo‘lib yopiq issiqlik ta’minot tizimiga o‘tadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonqulovning Koreyaning CMENTECH CO. LTD. kompaniyasi vakillari va Osiyo taraqqiyot bankining konsultantlari bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.

Poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda Toshkent issiqlik ta’minot tizimini modernizatsiya qilish va takomillashtirish bo‘yicha CMENTECH CO. LTD. tomonidan taklif qilinayotgan DXSh loyihasini muhokama qilingan.

“Xususan, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 2-IMni rekonstruksiya qilish masalasini ustuvor yo‘nalish deb belgilanib, bu yo‘nalishdagi vazifalar doirasida quyidagi ishlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan: yopiq issiqlik ta’minot tizimiga o‘tish, modernizatsiya, eskirgan va avariya holatidagi issiqlik tarmoqlarini almashtirish, issiqlik sarfini hisoblash uchun smart-uskunalar va issiqlik tarmog‘idan intellektual boshqarish tizimidan foydalanish”, - deyilgan xabarda.

Baxtiyor Rahmonqulov yuqorida amalga oshirilayotgan ishlar tariflarning o‘sishiga olib kelmasligi kerakligini alohida ta’kidladi.

Radiator sentralnogo otopleniya v kvartire - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonliklar issiqlik ta’minoti uchun faqat isitish davrida pul to‘lashadi

Tomonlar kompaniya fevral oyining birinchi haftasida konsepsiya va zarur hujjatlarni taqdim qilishiga kelishib oldilar. Ishlarning qiymati taxminan 70-100 mln AQSh dollarini tashkil qilishi ko‘zda tutilmoqda. Aniqroq raqamlar texnik-iqtisodiy asos tayyor bo‘lganda ma’lum bo‘l
qilinadi.

Loyiha amalga oshirilishi natijasida gaz sarfining tejalishi hamda transportirovka vaqtida issiqlik sarfi 30%dan ortiqqa pasayishi kutilmoqda.

OTB – Toshkent issiqlik ta’minoti tizimini uzoq muddatli ijara shartlari bilan boshqaruvga topshirish bo‘yicha eksklyuziv konsultant deb belgilangan. OTBning konsultant sifatidagi vazifalari chet el kompaniyalaridan tushayotgan takliflarni texnik, yuridik va moliyaviy baholanishini ta’minlashdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, prezident qaroriga ko‘ra, mamlakatdagi markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimi 2019-2024 yillarda bosqichma-bosqich yopiq tizimga o‘tkazilishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0