Poytaxt ostonasi – Yakkasaroyni qanday o‘zgarishlar kutmoqda – demokrat hokim bilan bir kun

© Press-slujba xokimiyata Yakkasarayskogo rayona TashkentaXokim Yakkasarayskogo rayona Tashkenta Anvar Sayfutdinov
Xokim Yakkasarayskogo rayona Tashkenta Anvar Sayfutdinov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik O‘zbekiston muxbiri Yakkasaroy tumanida olib borilayotgan ishlar, istiqboldagi rejalarini bilish maqsadida bir kun davomida hokim Anvar Sayfutdinov bilan yonma-yon bo‘lib, uning ish faoliyatini kuzatdi.

Ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va jonli aloqa

Toshkentning markaziy tumani bo‘lgan – poytaxt ostonasi sanalgan Yakkasaroy tumani rahbari bilan “Hokim bilan bir kun” loyihasi uchun kelishish ancha murakkab kechdi. Anvar Sayfutdinov o‘tgan yil sentabr oyida tuman hokimi etib tayinlangani uchun uning ish tartibi ancha zich bo‘lib, unga o‘zgartish kiritish oson emasdi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaXokim Yakkasarayskogo rayona Tashkenta Anvar Sayfutdinov monitorit SMI i sotsialnie seti
Poytaxt ostonasi – Yakkasaroyni qanday o‘zgarishlar kutmoqda – demokrat hokim bilan bir kun - Sputnik O‘zbekiston
Xokim Yakkasarayskogo rayona Tashkenta Anvar Sayfutdinov monitorit SMI i sotsialnie seti

Shunday bo‘lsa-da, davlat tadbirlari va uchrashuvlardan xoli bo‘lgan bir kunni tanladik hamda O‘zbekiston poytaxtining hudud jihatdan eng kichik, ammo markaziy hisoblangan tumanida kechayotgan jarayonlarni ko‘zdan kechirdik.

Shuni aytish mumkin-ki, hokimlarning ish tartibiga favqulodda o‘zgarishlar ham kiritilib qolishi mumkin. Tezkor yig‘inlar bunga misol. Shu bois, tumanni ko‘zdan kechirishdan oldin hokim bilan qisqa intervyu qilishga, u qanday qilib bu yo‘lni bosib o‘tgani, yaqin kelajakdagi rejalarini bilish uchun.

-  Anvar Nazarovich, mutaxassisligingiz kim va hokim bo‘lgunga qadar qaysi sohada faoliyat yuritgansiz?

Uchta oliy ta’lim muassasasini bitirganman: Jahon tillari universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. O‘qishni bitirgach, bir korxonaga tarjimon bo‘lib ishga kirib, u yerda bosh menejerlikka ko‘tarilib, keyin korxonaga direktor bo‘lganman. Tadbirkorlik faoliyatini boshlashimga kelsak, o‘sha vaqtda O‘zbekistonga polimerlarni ishlab chiqarishda ishlatiladigan mikrokalsit kimoviy moddasi import bo‘lib kirardi. Ana shu mahsulotni mahalliylashtirishga qaror qilib, Xitoydan kredit evaziga kerakli uskunalarni xarid qilib, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydim. Shundan so‘ng yana bitta korxona ochdim  bu – bugungi kunda innovatsion loyiha hisoblanadi – mebel va plastmassadan bo‘lgan jihozlar sathidagi lakni bir soniyada ultrabinafsha nuri yordamida qotirish.

© Press-slujba xokimiyata Yakkasarayskogo rayona TashkentaSoveshanie u xokima Yakkasarayskogo rayona Tashkenta
Poytaxt ostonasi – Yakkasaroyni qanday o‘zgarishlar kutmoqda – demokrat hokim bilan bir kun - Sputnik O‘zbekiston
Soveshanie u xokima Yakkasarayskogo rayona Tashkenta

-  Unda qanday hokim bo‘ldingiz? Umuman, nega tadbirkorlik sohasidan chekinib, o‘zingizni davlat boshqaruvida sinab ko‘rishga qaror qildingiz?

Umuman, muhim loyihalarda ishtirok etish menga hamisha qiziq bo‘lgan. Hokimlik esa shaxsan menga o‘z ustimda ishlash va o‘zim rahbarlik qilayotgan tuman taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini beradi.

Ammo birdaniga hokim bo‘lib qolgan emasman. Bilsangiz, 2017-yilga qadar Toshkent shahriga qarashli tumanlarda tuman kengashlari bo‘lmagan. Prezidentimiz Shavkat Miromonovichning “Nega tumanlarimizda kengashlar yo‘q”, degan tashabbuslaridan keyin eksperimental tariqasida saylovlar bo‘lib o‘tdi va tumanlarda kengashlar tashkil qilindi. O‘shanda O‘zLiDep partiyasi vakili edim, menga kutilmaganda deputatlikka nomzodingizni qo‘ysak, deya taklif berishgan.

Albatta, birdaniga rozi bo‘lgan emasman, ko‘p o‘ylaganman, nima qila olishim, qanday vakolatga ega bo‘lishim haqida.

© Press-slujba xokimiyata Yakkasarayskogo rayona TashkentaBeseda s xokimom Yakkasarayskogo rayona Tashkenta Anvarom Sayfutdinovim
Poytaxt ostonasi – Yakkasaroyni qanday o‘zgarishlar kutmoqda – demokrat hokim bilan bir kun - Sputnik O‘zbekiston
Beseda s xokimom Yakkasarayskogo rayona Tashkenta Anvarom Sayfutdinovim

Shu tariqa, menga bildirilgan ishonch tufayli Yunusobod tumaniga deputat sifatida saylanganman.

Meni deputatlar kengashi raisi o‘rinbosari etib tayinlashgan edi. Bu orada tumanda hokim o‘zgardi, hokimda deputatlik mandati bo‘lmagani tufayli, men vaqtincha kengash raisi vazifasini bajara boshladim. 2019-yilgacha o‘sha huddudda komunnal, budjet sohasi, bog‘cha va maktablar sharoitini yaxshilash masalalari ustida ishladik.

Keyin sentabr oyida Toshkent shahridagi tumanlarning birini boshqarishni senga topshirsak, degan taklif kelib tushdi. Bu katta mas’uliyat, lekin bu kabi takliflar har doim ham bo‘lavermaydi. Hokim etib tayinlanganimdan keyin “Kerakmidi shu senga?”, degan savolni juda ko‘pchilik berdi.

Tadbirkor bo‘lsang, ishlab chiqarish korxonalaring bo‘lsa, senga kerakmidi, deyishdi.

Hozir mana yangilanayotgan O‘zbekistonga butun dunyo guvoh bo‘lmoqda. Meni nazdimda, bu jarayonni o‘zida qatnashish bir baxt.

- Deputat sifatida faoliyat yuritgan bo‘lsangiz-da, o‘zingiz uchun mutlaqo notanish hududga rahbar bo‘lib keldingiz. Ishni nimadan boshladingiz?

Dastlabki uch kun davomida hujjatlar bilan tanishib, ishni nimadan boshlashim to‘g‘risida rejalar tuzib oldim. Huddudda 21 ta mahalla, 14 ta maktab, bitta “Barkamol avlod” badiiy ijodiyot markazi, 22 ta bog‘cha bor edi. Ishni poliklinika, ko‘p qavatli uylar soni bo‘yicha barcha ma’lumotlarni to‘plab, qo‘limga karta olib grafik asosida, mahallama-mahalla piyoda yurib, tumanni o‘rganishdan boshladim.

Bir oy davomida menda tanishuv jarayoni ketgan: mahalla, oqsoqollar, faollar, tumandagi tuzilma va boshqarmalar boshliqlari, hudud muammolari bilan...

Nima ish qilayapti, rejasi qanaqa, nima ishlarni amalga oshirdi va yana qanday ishlarni amalga oshirmoqchi, hamma-hammasi bilan tanishdim.

Mana, to‘rt oyni ichida tumanning qayerida qanday muammo bor, ipidan-ignasigacha bilib oldim, desam ham bo‘ladi.

-  Tumanni o‘rgandim, dedingiz. Rahbar sifatida qanday xulosaga keldingiz, qaysi soha tumanning taraqqiyotiga xizmat qilishi mumkin?

Yakkasaroy – Toshkent shahridagi 11 ta tumanning ichida eng kichik tuman hisoblanadi. Va u Toshkent viloyati bilan chegaradosh bo‘lmagan yagona tumandir. Qolaversa, kvadrat metrda hisoblaydigan bo‘lsak, Yakkasaroy tumani aholi jon boshiga eng zich joylashgan tuman.

Aholisi kam, hozir 115 ming, lekin maydoni (1460 kv metr (1,5 ming gektar) ga nisbatan eng zich joylashgan tuman hisoblanadi. Bu yer markaz.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaZdanie maxallinskogo komiteta "Kushbegi"
Poytaxt ostonasi – Yakkasaroyni qanday o‘zgarishlar kutmoqda – demokrat hokim bilan bir kun - Sputnik O‘zbekiston
Zdanie maxallinskogo komiteta "Kushbegi"

Keyin, barchaga ma’lumki, Yakkasaroy tumani poytaxtga samolyotda kelib qo‘nadigan har bir sayyoh uchun ostona hisoblanadi. Aeroportdan ko‘prikka chiqib, undan tushishingiz bilan Yakkasaroy tumaniga kirib borasiz.

Shu bois bu tumanni turistik hudud – biznes markazga aylantirish fikri keldi. Mana, bu haqda OAVlarda ham e’lon qilindi, tumanimizda Bobur va Muqimiy ko‘chalari kesishmasida – aeroportdan tushishingizda chap tomonda Yakkasaroy KSZ (MPZ) bor edi. Shu MPZ o‘rnida avval Tashtekstil bo‘lgan (1946 yilda qurilgan). Tumanga rahbar bo‘lib kelishim bilan mana shu kichik sanoat zonasining ichiga kirib, tanishganman. U yerdagilar o‘zimga o‘xshagan tadbirkorlar edi. Vaziyatni o‘rganganimda, shunday muammolar kelib chiqdiki, u yerda ishlab chiqaruvchilar uchun rivojlanish imkoniyati yo‘q. Bitta joyda qisilib qolgan, atrofini turar-joylar o‘rab olgan. Keyin ularning yana bir muammosi ishchilar bilan bog‘liq ekan. Bitta korxonaga kirganimda, 370 nafar ishchisi bor ekan, ularning 350 nafarini Toshkent viloyatidan har kuni ertalab avtobusda olib kelib, avtobusda yana uylariga olib borib qo‘yishar ekan. Xullas, butun holatni o‘rgangandan keyin bu kichik sanoat zonasini Toshkent shahrining chetiga – Sergeli SARga ko‘chirish fikriga keldik. Sanotat zonasining o‘rniga yaqinda e’lon qilingan Kecha va kunduz – ikki osmono‘par bino loyihasi amalga oshiriladi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaStroitelstvo mnogoetajnix domov v Yakkasarayskom rayone Tashkenta
Poytaxt ostonasi – Yakkasaroyni qanday o‘zgarishlar kutmoqda – demokrat hokim bilan bir kun - Sputnik O‘zbekiston
Stroitelstvo mnogoetajnix domov v Yakkasarayskom rayone Tashkenta

Bilasmizmi, dunyoning qaysi davlatiga bormang, xoh u Xitoy bo‘lsin, xoh Koreya yoki Malayziya, poytaxtida ishlab chiqarishlar yo‘q. Pekinga ko‘p borganman – u yerda o‘rtada, poytaxt markazida biznes-sentrlar, mehmonxonalar, do‘konlar, kinoteatrlar xullas, xizmat ko‘rsatuvchi obyektlar qurilishi rivojlangan.

Biz ham bu markazda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishimiz mumkin va bunga imkoniyat katta. Shu paytgacha Rossiya, Xitoy, Koreya davlatlaridan kelgan bir nechta investorlar bilan gaplashdim, bu tumanda ular faqatgina mehmonxona, biznes-sentrlar qurish takliflari bilan kelishayapti.

Albatta, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni ham tahlil qildim. MPZ birinchi ochilganida 45 million dollarlik eksport bo‘lgan. Bu yaxshi ko‘rsatkich. 2018-yilga kelib 33 millionga tushgan. 2019-yilga kelib bu ko‘rsatkich 26 million dollardan sal oshiqni tashkil qildi.

Dinamikada pasayish ketayapti. Buning sababi, yuqorida aytib o‘tganimdek, korxonalarda rivojlanish imkoniyatining yo‘qligi. Yer davlatniki, tadbirkorlar ijarada o‘tirishadi, ijaradagi obyektga hech bir tadbirkor pul tikmaydi. Tadbirkor qachon pul tikib, rivojlanadi – o‘sha joy o‘ziniki bo‘lsa. Sergeliga biz ularni shunday shart bilan ko‘chirayapmizki, u yerdagi joy tadbirkorning xususiy mulki bo‘ladi.

-  Bir narsani tushuntirib berishingizni xohlardim, deylik, kichik sanoat zonasidagi tadbirkorlar Sergeliga ko‘chdi ham deylik. Shu paytgacha budjetga MPZdan kelib turgan daromad to‘xtaydiku. Bu vaziyatdan qanday chiqmoqchisiz?

To‘g‘ri, MPZdagilarni Sergeliga ko‘chirib, bo‘shagan joyning o‘zida yangi loyihani amalga oshirguncha orada 2-3 yil o‘tadi. To‘g‘ri, qiyin bo‘ladi. Oson bo‘lmaydi, juda qiyin bo‘ladi. Pasayayotgan ko‘rsatkich ham yo‘q bo‘lib qoladi, eksport ko‘rsatkichi ham, budjetga soliqdan tushayotgan tushumlar ham yo‘q bo‘ladi. Gap ham eshitarman balki, tushadigan ko‘rsatkichlar uchun, lekin... Bu ertangi kunni ko‘zlab qilinayotgan ish. Ko‘rsatkich tushayotgan bo‘lsa ham, bo‘layaptiku, deb o‘tiraversak – kelajagimizga o‘zimiz bolta urgan bo‘lamiz. Chunki ishlab chiqarishni o‘ldirib, keyin ko‘chirish – katta xato bo‘ladi.

Suhbatimizni hokimning ish kuni nechadan va qanday boshlanishi haqidagi savol bilan davom ettiraman.

-  Matbuotni o‘qishdan boshlayman, deydi u.

To‘g‘risini aytsam, ish kuni 8:00 dan boshlanadi. Yo‘l-yo‘lakay tuman haqida OAVda chiqqan xabarlarni ko‘zdan kechiraman. Keyin ijtimoiy tarmoqda matbuot-xizmatimiz tomonidan e’lon qilinayotgan xabarlarni ham albatta o‘qib chiqaman. Xato bilan yozishlarini va bu holat ijtimoiy tarmoqlarda muhokama bo‘lishini xohlamayman, deya tushuntiradi hokim.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPlan po kapitalnomu remontu shkoli №319 Yakkasarayskogo rayona Tashkenta
Poytaxt ostonasi – Yakkasaroyni qanday o‘zgarishlar kutmoqda – demokrat hokim bilan bir kun - Sputnik O‘zbekiston
Plan po kapitalnomu remontu shkoli №319 Yakkasarayskogo rayona Tashkenta

Sayfutdinovning aytishicha, har kunlik ish kunini bir kun oldin kechga rejalashtirishni qat’iy odat qilib olgan. Bu rejadan uchrashuvlar, tadbirlar, shaharni ko‘zdan kechirish va oxirgi vaqtlarda hatto kadrlarni almashtirish masalalari ham o‘rin olmoqda.

«Albatta, rejadan chiqmaslikka harakat qilaman, lekin zarurat tug‘ilgan taqdirda ham, belgilangan ishni oxiriga yetkazaman. Aks holda bu nafaqat mening, balki butun hokimlik xodimlari ish rejasiga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin”, deya tushuntiradi suhbatdosh.

Anvar Sayfutdinovning aytishicha, davlat rahbari tomonidan qo‘yilgan – xalq bilan muloqot, fuqarolar bilan hamkorlikdagi ochiqlikni ta’minlash maqsadida kelgan kunidan boshlab ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarni jonlantirishga harakat qilmoqda. «Men kelganimda misol uchun Telegram kanalimizdagi kuzatuvchilarimiz soni 200 ta edi. Bugun 800 ga yaqinlashdi. To‘g‘ri, agar shu paytgacha tanishlarimga iltimos qilib kanalimizga a’zo bo‘ling, desam ehtimol a’zolar soni 10 mingdan oshardi ham. Lekin men buni xohlamayman. Men sinab ko‘rmoqchiman, qani o‘z kuchimiz bilan qancha fuqarolarni safimizga jalb qila olamiz ekan”, – deb hikoya qiladi ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat haqida hokim.

Buning barchasi, uning aytishicha, tuman taqdiriga befarq bo‘lmagan har qanday inson bilan tezkor qayta aloqada bo‘lish, muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yoki yaqin kelajakdagi rejalarni belgilab olish uchun zarur.

Hokim bilan davom etgan ushbu suhbatimizdan so‘ng shaharni aylanishga yo‘l olamiz. Bugungi kun tartibidan bir qancha mavzular o‘rin olgan edi.

Tibbiyot qurilishi ishlari bilan tanishish, obodonlashtirish holatini ko‘zdan kechirish, yoshlar bilan uchrashuv, masjid qurilishi shular jumlasidan…

Katta qurilish maydoni

Kunning birichi yarmida «Armug‘on” MFY hududidagi tibbiyot tashkiloti qurilishi va bir nechta MTTda kechayotgan rekonstruksiya jarayonlarini ko‘zdan kechirish rejalashtirilgan edi. Yo‘l davomida sizning poytaxt markazida ekanligiga shubha qoldirmaydigan mahobatli binolar, brendlar nomlari yozilgan qator do‘konlar ko‘z oldimizdan miltillab o‘tib boraveradi.

Aksariyat joylarda atrofi devor bilan o‘ralgan qurilish maydoni.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaStroyploshadka v Yakkasarayskom rayone, gde poyavatsya torgovo-razvlekatelniy kompleks, gostinitsa i jiloy dom
Poytaxt ostonasi – Yakkasaroyni qanday o‘zgarishlar kutmoqda – demokrat hokim bilan bir kun - Sputnik O‘zbekiston
Stroyploshadka v Yakkasarayskom rayone, gde poyavatsya torgovo-razvlekatelniy kompleks, gostinitsa i jiloy dom

Kuzatuvlarimni kuzatib borayotgan hokim izoh beradi: «Yakkasaroy kichkina tuman bo‘lgani bilan, eng ko‘p qurilish obyektlari bugun shu huddudda kechmoqda. 111 ta qurilish obyektlari bor. «Snos”lar ko‘p… To‘polon, janjal, tushunmovchiliklar shu «snoslar” tufayli. To‘g‘ri tushuntirish targ‘iboti yo‘qligi tufayli odamlarda qo‘rquv paydo bo‘lgan. Shu bois joylarga chiqib tushuntirishga ham to‘g‘ri keladi ko‘pincha”.

Yo‘l-yo‘lakay suhbatdan ma’lum bo‘ladiki, Anvar Sayfutdinov tuman hokimi etib tayinlangan kundan boshlab budjet mablag‘larini ijtimoiy obyektlar rekonstruksiyasiga yo‘naltirgan: jumladan, nochor ahvoldagi bog‘chalar va maktablarning ta’mirlash ishlariga.

«Lekin bu ishlarni amalga oshirishdan oldin tuman kengashi sessiyasini yig‘ib, har bitta deputatga nega bu mablag‘larni aynan shu bog‘cha yoki maktabga yo‘naltirayotganimni tiyin-tiyinigacha asoslab tushuntirganman. Budjet puli – bu xalqni puli. Deputat xalqning vakili, shu bois ularning roziligini olish shart. Ish uslubimda, hammani fikrini bilib, qaror qabul qilish tarafdoriman, bu borada demokratman”, deya qo‘shimcha qiladi u.

Fayzli Toshkent va yolg‘onni yoqtirmaydigan hokim

Armug‘on mahallasida qad rostlayotgan DSP bemorlari uchun Markaziy Osiyoda yagona bo‘ladigan tibbiyot muassasasi qurilishi bilan tanishgach, hokim atrofni tozalab yurgan obodonlashtirish boshqarmasi ishchilariga ishora qiladi. «Yana bularni bizni kelishimizga atay uyushtirdi, deb o‘ylamang. Meni kelishimni eshitganlar shu yerni tozalashga kirishgan bo‘lishlari ham mumkin, lekin obodonlashtirish ishlarini hech kimga aytmay borib tekshirishni afzal bilaman. Menga yolg‘on gapirish yoki aldashga urinish befoyda. Aytgancha, mana bu (qarshimizda turgan transportga ishora qiladi) press qiluvchi transportni ham budjet mablag‘iga xarid qilganmiz. Chiqindilarni presslab, tezda to‘kib keladi. Harakatlanishi oson va qulay”.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNovie avtomobili po sboru musora v Yakkasarayskom rayone Tashkenta
Poytaxt ostonasi – Yakkasaroyni qanday o‘zgarishlar kutmoqda – demokrat hokim bilan bir kun - Sputnik O‘zbekiston
Novie avtomobili po sboru musora v Yakkasarayskom rayone Tashkenta

MTTlar rekonstruksiyasi jarayonini ko‘zdan kechirgani yo‘l olamiz.

Qiyshiq devor va uddaburro pudratchilar

Sayfutdinov hokim sifatida bog‘chalar va maktablar qurilishiga pul ajratgan kundan boshlab qurilish jarayonini tez-tez o‘zi borib nazorat qiladi.

«Ko‘p ishlar menga yoqmadi ochig‘i. Bir kun kelsam, bog‘chalarning birida devorlarning biri o‘rtasi pastlab qolgan. Kolonna qo‘yilmagan. Pudratchi bilan shartnomani bekor qilishgacha janjallashib, qurilish jarayonini boshqatdan bajartirdim”. – deydi u.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaRemont shkoli v Yakkasarayskoy rayone Tashkenta
Poytaxt ostonasi – Yakkasaroyni qanday o‘zgarishlar kutmoqda – demokrat hokim bilan bir kun - Sputnik O‘zbekiston
Remont shkoli v Yakkasarayskoy rayone Tashkenta

MTTlarni aylanish jarayonida hokim baland qo‘yilgan isitgichlar bo‘yicha e’tiroz bildiradi, nega ovqat uzatadigan darchani kolonna to‘sib turganini so‘raydi va bu qo‘pol xatoni ham darhol tuzattirish bo‘yicha ko‘rsatma beradi. Prezidentning beshta tashabbusi bo‘yicha qurilayotgan binoning hali ham rejasi yo‘qligi uchun MTT rahbari ham qattiq e’tiroz eshitadi.

Xullas, hokimning bog‘chalarga reydi bu birinchi marta emas. Shu bois, qurilishni amalga oshirishni bo‘yniga olgan pudratchilar ham ishni qo‘l uchida bajarish o‘tmasligini yaxshi anglab olishgan ko‘rinadi…

Yo‘llar muammosi

Yakkasaroy hokimi yo‘llar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ham rejalari bilan o‘rtoqlashadi.

«Piyoda yursangiz, yo‘llar muammosini ko‘rasiz. Albatta, Yakkasaroy tumanida asfaltlar yomon deb bo‘lmaydi. Chunki bizlarda o‘zi ikkita markaziy ko‘cha bor, ularning ahvoli yaxshi. Lekin ichki yo‘llarda kamchiliklar bor. Ularning hammasini o‘rganib, hisob-kitob qildik. Bu yil ozgina ishimiz qolgan, shuni amalga oshirsak, Yakkasaroy tumanidagi 80-90 foiz yo‘llarni ta’mirdan chiqargan bo‘lamiz”, - deydi hokim.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSostoyanie dorog vnutri odnoy iz maxalley Yakkasarayskogo rayona Tashkenta
Poytaxt ostonasi – Yakkasaroyni qanday o‘zgarishlar kutmoqda – demokrat hokim bilan bir kun - Sputnik O‘zbekiston
Sostoyanie dorog vnutri odnoy iz maxalley Yakkasarayskogo rayona Tashkenta

Hokimning aytishicha, bu yil Yakkasaroydan Sergeliga ko‘prik qurilishi rejalashtirilmoqda. Agar bu yil mablag‘ yetsa quriladi, ikkita yo‘l bo‘lsa, tirbandlik muammosi ham o‘z yechimini topadi, deya yangilik bilan bo‘lishadi u.

Rahbarlar 20-yil keyinni o‘ylab ish qilishi kerak

Yaqin o‘n yilda bog‘chalarga navbatlar hosil bo‘lishi mumkin.

MTTlarni rekonstruksiya jarayonini ko‘zdan kechirish davomida Sayfutdinov bog‘chalarga Yakkasaroyda qamrab olinish masalasi haqida ham gapiradi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDetskiy sad v Yakkasarayskoy rayone Tashkenta
Poytaxt ostonasi – Yakkasaroyni qanday o‘zgarishlar kutmoqda – demokrat hokim bilan bir kun - Sputnik O‘zbekiston
Detskiy sad v Yakkasarayskoy rayone Tashkenta

«Bu men uchun eng og‘riqli masalalardan biri. Boya suhbatimizda aytganimdek, bugun Yakkasaroyda 111 ta qurilish obyekti amalga oshirilayotgan bo‘lsa, tasavvur qiling, nechta ko‘p qavatli uylar qurilayotganini. Bugungi kunda bog‘chalarga qamrab olinish koeffitsiyenti yaxshi bo‘lgani bilan, bugungi kunda rahbarlar bugungi kunnigina inobatga olib emas, 20-yil oldinni o‘ylab rejali ish qilishlari kerak. Hozirgi hisob-kitoblarimga qaraganda, yaqin 3-yilda tumanda aholi soni 30 mingga oshishi ehtimoli bor. Muammo o‘shanda paydo bo‘lishi mumkin. Shu bois, hozir takliflar tayyorlayapman. Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan bu masalani o‘rganib, qaror qabul qilishimiz kerak bo‘ladi”, - deydi hokim.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMnogoetajnie doma v Tashkente
Poytaxt ostonasi – Yakkasaroyni qanday o‘zgarishlar kutmoqda – demokrat hokim bilan bir kun - Sputnik O‘zbekiston
Mnogoetajnie doma v Tashkente

Anvar Sayfutdinov, shuningdek, tuman maktablarining kompyuterlashtirish bo‘yicha rejasi bilan ham o‘rtoqlashdi.

«Maktablarimizning quvvatlarini oshirish bo‘yicha bugun ishlar bajarilmoqda. Lekin ta’lim maskanlarini kompyuter xonalari bilan ta’minlash ham o‘z oldimga qo‘ygan muhim vazifalardan biri hisoblanadi”.

Hokim shuningdek, maktablardagi ikki smenali o‘qishga ham qarshiligini ta’kidlaydi: «Bo‘lishi mumkin emas. Demak qo‘shimcha maktablar qurish kerak. Tumanimizda bo‘sh joy muammo bo‘lgani uchun, bu masalani yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerak bo‘ladi”.

Do‘stlik bog‘i saqlab qolinadimi?

Ijtimoiy obyektlardagi qurilish jarayonini ko‘zdan kechirib, yoshlar bilan uchrashuvga yo‘l olar ekanmiz, yo‘l chetida xuddiki mung‘ayib turgan ulkan bog‘ga ko‘zim tushadi.

Hokimning aytishicha, tumanda madaniy xordiq chiqarsa bo‘ladigan – tinch joylardan biri shu «Do‘stlik” bog‘idir. Bog‘ yaqin yillarda o‘zgacha chiroy ochishi kutilmoqda.

Sayfutdinov ushbu bog‘ni saqlab qolish bo‘yicha xalqdan juda ko‘plab murojaatlar olganini va mutasaddilarga yetkazganini aytadi: «Yangi investorga bog‘ni saqlab qolish sharti bilan berishayapti. Budjet mablag‘lari ijtimoiy obyektlardan ortmayotgani uchun, bilasiz, investor ham foyda bo‘lmasa hech narsa qilmaydi, rekonstruksiya evaziga unga bog‘ning ko‘cha tarafidagi bir qismini berib, asosiy qismi qoldirishga kelishganmiz”.

Hokim va yoshlar uchrashuvi

Sayfutdinov nafaqat mahalliy aholi, balki yoshlar bilan uchrashuvlarni o‘zining ish faoliyatining bir qismiga aylantirgan. «Prezidentimiz o‘z chiqishlarida rahbarlarning yoshlar siyosatidagi mas’uliyati haqida gapiradilar. Yoshlar bizning kelajagimiz, ularning nimalarga qiziqishlariga shaxsan men befarq qololmayman”, deydi u.

© Press-slujba xokimiyata Yakkasarayskogo rayona TashkentaXokim Yakkasarayskogo rayona Tashkenta Anvar Sayfutdinov v odnoy iz shkol goroda
Poytaxt ostonasi – Yakkasaroyni qanday o‘zgarishlar kutmoqda – demokrat hokim bilan bir kun - Sputnik O‘zbekiston
Xokim Yakkasarayskogo rayona Tashkenta Anvar Sayfutdinov v odnoy iz shkol goroda

Hokim bilan uchrashuvga 11 sinfning o‘ndan ziyod o‘quvchilari to‘planishgan. Sayfutdinov o‘quvchilarga maktabni bitirishlariga oz fursat qolganini eslatib, kim bo‘lishni maqsad qilganliklari haqida so‘raydi. Yig‘ilganlardan biri Singapur universiteti «Menejment” sohasini tanlashini aytsa, o‘quvchilardan yana biri Vestminster universitetiga imtihon topshirib, muvaffaqiyatli o‘tganini ma’lum qiladi va darhol hokimni savolga tuta boshlaydi.

U Yakkasaroy rahbaridan startaplarni boshlash, menejment uchun qaysi kitobni o‘qish foydaliroqligini so‘raydi. Hokim o‘quvchiga Deyl Karnegini o‘qishni maslahat beradi. O‘quvchining bu kitobni o‘qib bo‘lganman, degan javobiga «Ofarin, demak siz yanada chuqurroq bilim beradigan adabiyolarga o‘tishingiz kerak”, deya maktab direktoriga kutubxonani yanada boyitish bo‘yicha topshiriqlarini beradi.

Hokim bilan muloqot davomida yoshlar kelajakdagi eng talabgir mutaxassislik, bitkoin va kriptovalyutalar kelajagi, blogerlik mas’uliyati, kibersport singari mavzularda savol bilan murojaat qildilar.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaUrok truda v odnoy iz shkol Yakkasarayskogo rayona Tashkenta
Poytaxt ostonasi – Yakkasaroyni qanday o‘zgarishlar kutmoqda – demokrat hokim bilan bir kun - Sputnik O‘zbekiston
Urok truda v odnoy iz shkol Yakkasarayskogo rayona Tashkenta

Qirq besh daqiqa vaqt qanday o‘tgani sezilmadi ham. «Menga javob berasizlar endi, boshqa ishlar kutib turibdi”, degan gapga yoshlar hokimga «Bo‘ldimi, ketasizmi?», deya uni qo‘yib yuborishni xohlamagandek javob qildilar.

Tuman rahbari bilan uchrashuv yoshlarda katta taassurot qoldirganiga shubha yo‘q edi.

Tashqariga chiqqanimizda hokimga yoshlarning qiziquvchanligini e’tirof etaman. Javoban: «Yoshlarimizning o‘z tumani kelajagiga befarq emasliklari menga juda yoqdi. Maqtanish emas, lekin bizlarning yoshlarimiz – aqlli yoshlar, men bu gapni har safar takrorlashdan charchamayman”, deydi. Uning yoshlar haqidagi gaplari chin yurakdan, faxr bilan aytiladi.

Dunyoga mashhur Rakat masjidi

Kunning ikkinchi yarmida butun dunyoga mashhur Rakat masjidi qayta qurilayotgan hududga yo‘l olamiz.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaStroitelstvo mecheti "Rakat" v Yakkasarayskom rayone Tashkenta
Poytaxt ostonasi – Yakkasaroyni qanday o‘zgarishlar kutmoqda – demokrat hokim bilan bir kun - Sputnik O‘zbekiston
Stroitelstvo mecheti "Rakat" v Yakkasarayskom rayone Tashkenta

Rakat masjidining eski joyi Pedinstitut o‘rnida bo‘lgan. 1954-yil Pedinstitut qurilishi davrida masjid buzilgan o‘shanda hozirgi masjid qurilayotgan hududdagi hovli egasi – Mirjalol ota o‘z hovlilarini masjidga hadya qilib tashlab ketgan ekan.  Shu tariqa, 1957 xalq xashari yo‘li bilan birinchi marta Rakat masjidi qurilgan. Bugungi kunda qurilish hajmlaridan bilsa bo‘ladiki, masjid maydoni yanada kengaytirilgan, salkam 21 sotix maydonni egallagan. To‘rt ming kishi sig‘adigan masjid binosiga eskalator qo‘yish ham ko‘zda tutilgan.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaStroitelstvo mecheti "Rakat" v Yakkasarayskom rayone Tashkenta
Poytaxt ostonasi – Yakkasaroyni qanday o‘zgarishlar kutmoqda – demokrat hokim bilan bir kun - Sputnik O‘zbekiston
Stroitelstvo mecheti "Rakat" v Yakkasarayskom rayone Tashkenta

Masjid hududida erkaklar bilan bir qatorda ayollarning namoz uchun ham joy bunyod etiladi.

Masjid mahalliy aholi mablag‘lariga – hashar yo‘li bilan bunyod etilmoqda va muqaddas Ramazon oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaVid mecheti "Rakat" v Yakkasarayskom rayone Tashkenta posle zaversheniya stroitelstva
Poytaxt ostonasi – Yakkasaroyni qanday o‘zgarishlar kutmoqda – demokrat hokim bilan bir kun - Sputnik O‘zbekiston
Vid mecheti "Rakat" v Yakkasarayskom rayone Tashkenta posle zaversheniya stroitelstva

Hokim haqida taassurotlar

Rahbarlik boshqaruviga tayinlanganiga hatto olti oy to‘lmagan hokim faoliyatini qanday baholash mumkin? Nazarimda, baho uning boshqaruv tuzilmasiga kiritayotgan o‘zgarishlari, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari va bajarayotgan ishlariga qarab beriladi. «Ishdan natija olmasam, qoniqmayman. Natija bo‘lmadimi, tamom, harakat qilganingni gapirmay deyman”, degan so‘zlaridan bilsa bo‘ladiki, u talabchan va hatto qattiqqo‘l. Biroq, hech qachon o‘zi bilan birga ishlaydigan xodimlarni kutilmaganda ishdan bo‘shatmasligi prinsipi asosida ish yuritishi ham uni yaxshi menejer sifatida ta’rif berilishiga sabab bo‘ladi.

© Press-slujba xokimiyata Yakkasarayskogo rayona TashkentaXokim Yakkasarayskogo rayona Tashkenta Anvar Sayfutdinov
Poytaxt ostonasi – Yakkasaroyni qanday o‘zgarishlar kutmoqda – demokrat hokim bilan bir kun - Sputnik O‘zbekiston
Xokim Yakkasarayskogo rayona Tashkenta Anvar Sayfutdinov

«Birinchi kelgan kunimdan komandamdagi har bir xodimni o‘rganishga harakat qilsam-da, men har bir kishiga imkoniyat berish kerak, degan qoidaga amal qilaman. Agar xodim o‘ziga yuklatilgan vazifasini bajara olmasa, uni birdan ishdan bo‘shatmayman. Avvaliga suhbatlashib, u o‘ziga mos joy topishiga imkon yarataman. Shu paytgacha komandamizda ikki xodimni almashtirdim. Ammo rotatsiyasiz birorta xodim Yakkasaroy hokimiyatidan ishdan ketmaydi”, - deydi u.

Insonparvarlik, yoshlar kelajagiga daxldorlikka suyangan siyosatga tayanib, ayni vaqtda Yakkasaroy kelajagi istiqbolli, deya umid qilish mumkin. Shunda ham hammasini vaqt ko‘rsatadi…

Yangiliklar lentasi
0