Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

O‘zbekiston YeOIIning "ijobiy" va "salbiy" tomonlarini o‘rganmoqda – Ne’matov

© Sputnik / Anton KurilkinFlagi Uzbekistana
Flagi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yil kuzda mamlakatning YeOIIga qo‘shilish masalasini ishlab chiqish haqida topshiriq bergandi. Mamlakatda bu integratsiyaning foydali va salbiy tomonlarni faol ravishda muhokama qilinib, tahlil qilinmoqda.

TOShKENT, 29 yanv – Sputnik. O‘zbekiston YeOIIda ishtirok etishning "ijobiy" va "salbiy" tomonlarini o‘rganmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Minskda aytdi.  

Flagi stran uchastnis YeAES, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston YeOIIga qo‘shilmoqchimi?

“O‘zbekistonning integratsiya birlashmalarda ishtirok etish masalasiga kelsak, prezident bu milliy manfaatlarga javob berishi kerakligini aniq qilib aytdi, biz iqtisodiy sohadagi manfaatlarimizni hisobga olamiz. Hozir ijobiy va salbiy tomonlar o‘rganilmoqda, keyinchalik ular tarozga qo‘yilib, qaror qabul qilinadi”, - deb ta’kidladi Ne’matov jurnalistlarga.

Vazirning birinchi o‘rinbosari bu ittifoq bilan yaqin aloqani saqlashga qaratilgan tomonlarni hisobga olish kerakligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘smoqda, bu esa yangi bozorlarni talab qiladi.

Ne’matov YeOIIga a’zo bo‘lish masalasi O‘zbekistonda qizg‘in muhokama qilinayotganini ta’kidladi.

"Ba’zilar bu foydali deb aytishmoqda, hamkorlik qilish, a’zo bo‘lish kerak deb aytishmoqda, ba’zilar esa bu bizning iqtisodiy manfaatlarimizga javob bermaydi deb aytishmoqda. Ekspertlik o‘rganishdan so‘ng, parlament tomonidan qaror qabul qilinadi", - dedi vazirning birinchi o‘rinbosari.

YeOII - 2015-yil 1-yanvardan boshlab faoliyat ko‘rsatuvchi, xalqaro integratsiya iqtisodiy birlashma hisoblanadi. Ittifoq tarkibiga Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston kiradi.

Yangiliklar lentasi
0