Tojikiston O‘zbekistondan gaz importini oshirishni rejalashtirmoqda

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishVentil na truboprovode gazoraspredelitelnoy stansii
Ventil na truboprovode gazoraspredelitelnoy stansii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston joriy yilda respublikaning eng yirik korxonalari ehtiyojlari uchun 200 million kubometr o‘zbek gazini import qilishni rejalashtirmoqda.

TOShKENT, 28 yanv - Sputnik. Tojikiston 2020-yilda O‘zbekistondan yana uchdan bir qismga ko‘proq tabiiy gaz import qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sputnik Tojikiston “Tojiktransgaz” OAJ rahbarining birinchi o‘rinbosari Shavkat Shoimovning so‘zlariga asoslanib xabar qildi.

Manometr - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 2025-yilga borib gaz eksportini to‘xtatishi mumkin

Shavkat Shoimovning ko‘ra, tabiiy yoqilg‘ining taxminiy hajmini 200 million kubometr miqdorida import qilish rejalashtirilmoqda.

Ta’kidlanishicha, “Tojiktransgaz” rahbari hozirda ushbu masalani hal qilish uchun O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.

Shoimovning ta’kidlashicha, 2019-yilda Tojikiston respublikaga 140 million kubometr o‘zbek gazini import qilgan.

O‘zbekistondan import qilingan tabiiy gaz asosan Tojikiston bo‘ylab ko‘plab yirik, o‘rta korxonalar va sexlar tomonidan olingan.

Yangiliklar lentasi
0