Surat narxi 10 ming $: Jizzaxda sevgilisini shantaj qilgan yigit ushlandi

© Foto : pixabay.com / terimakasih0Ruki s mobilnimi telefonami
Ruki s mobilnimi telefonami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jizzaxlik 19 yoshli qizning uchrashib yurgan yigiti shaxsiy suratlarini yashirincha telefoniga ko‘chirib olgan. So‘ngra ularni internetda tarqatish bilan qo‘rqitib, qizdan 10 ming dollar talab qilgan.

TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Jizzaxda sevgan qiziga nisbatan tovlamachilik sodir etgan yigit jinoyat ustida qo‘lga olindi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, Sharof Rashidov tumanida yashovchi 19 yoshli qiz Jizzax viloyat IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z arizasida o‘zaro tanishib yuradigan 22 yoshli yigiti telefonidan sezdirmasdan shaxsiy suratlarini yashirincha ko‘chirib olgani va ularni internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan tahdid qilayotganini bayon qilgan.

© Sledstvenniy departament pri MVD RUzJizzaxda sevgan qiziga nisbatan tovlamachilik sodir etgan yigit jinoyat ustida qo‘lga olindi.
Surat narxi 10 ming $: Jizzaxda sevgilisini shantaj qilgan yigit ushlandi - Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxda sevgan qiziga nisbatan tovlamachilik sodir etgan yigit jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Qizning so‘zlariga ko‘ra, yigit suratlarni tarqatmaslik evaziga 10 ming dollar talab qilgan. Shuning uchun qiz yigitiga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda B.B. 25 mln so‘mni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0