Koronavirusi qanchalik xavfli, epidemiya cho‘qqisini qachon kutish kerak - mutaxassis fikri

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMarufjon Madaminov — zaveduyushiy laboratoriyey chumi Respublikanskogo sentra profilaktiki chumi, karantinnix i osobo opasnix infeksiy Minzdrava RUz
Marufjon Madaminov — zaveduyushiy laboratoriyey chumi Respublikanskogo sentra profilaktiki chumi, karantinnix i osobo opasnix infeksiy Minzdrava RUz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoyning koronavirusi - 2019-nCoV bilan kasallanish soni tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Ayni damda Virus XXR chegarasidan janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlariga tarqalmoqda.

TOShKENT, 28 yanv - Sputnik, Ramiz Baxtiyarov. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining vabo, karantin va yuqori yuqumli infeksiyalar profilaktikasi markazining vabo laboratoriyasining mudiri Ma’rufjon Madaminov Sputnik muxbiri bilan suhbatda hozirgi vaziyat qanchalik xavfli ekanligi, mamlakatda qanday choralar ko‘rilgani va yaqin kunlardagi prognozlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bir kun oldin sizning bo‘limingiz Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova bilan videokonferensiya o‘tkazdi. Nima muhokama qilindi va qanday tavsiyalar berildi?

Yondashuvlar dunyoning turli burchaklarida paydo bo‘lgan viruslarning avvalgi tarqalishlariga o‘xshaydi: xalqaro sog‘liqni saqlash qoidalari doirasida ishlash, JSST tavsiyalariga rioya qilish, savdo-iqtisodiy aloqalarni cheklamaslik, bir-birlarini o‘zaro xabardor qilish, Xitoydan kelganlarni yashash joyida ikki hafta mobaynida tibbiy kuzatuvga olish. Shuningdek, infeksiyani oldini olish uchun shifokorlar va aholining xabardorligini oshirish, shaxsiy va jamoat gigiyenasiga rioya qilish kerak.

Rospotrebnadzor, agar kerak bo‘lsa, diagnostikumlar bilan yordam berishga tayyor (serologik reaksiyalar uchun antigen sifatida ishlatiladigan neytrallangan mikroorganizmlarning suspenziyalari – muallif izohi).

- Bularning barchasi qanchalik miqyosli va xavfli bo‘lishi mumkin?

Virusning kontagiozlik (yuqumli kasalliklarni kasaldan sog‘lom sezgir odamlarga yuqishi hususiyati. – muallif izohi) o‘rtacha darajada deb baholanadi, o‘lim darajasi 2%, bu ko‘rsatkich nisbatan past. Masalan, qush grippida o‘lim hollari dastlab 100% gacha yetgan edi. Tarqatish koeffitsiyenti tahminan 1,2-1,5 deb baholanmoqda. Bu avvalgi viruslarga, xuddi shu qush grippiga va boshqalarga qaraganda o‘rta-miyona ko‘rsatkichlar.

- Kam uchraydigan yovvoyi hayvon infeksiyaning qo‘zg‘atuvchisi bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Buni ehtimolligi qanchalik?

Ha. Koronaviruslarning aksariyati kelib chiqishi hayvonlardan. Boshqacha qilib aytganda - zoonozlar. Darvoke, qush grippi ham zoonozdir. Hozirgi vaziyatda infeksiya Uxan bozoridagi dengiz mahsulotlari, qisman chorvachilik mahsulotlari, quruqlikdagi yashovchi hayvonlardan yuqtirilganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Xitoylik hamkasblarning laboratoriya tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, bozorda olingan namunalarning uchdan bir qismi koronavirus izlari borligini ko‘rsatdi. Ammo kim yoki nimadan, qaysi turlardan va birlamchi yuqtiruvchi manba bo‘lganligi hozircha noma’lum. Har hil turdagi hayvonlar - qoramol, it, dengiz mahsulotlari, sudralib yuruvchilar va boshqalar. Xitoyliklar, umuman olganda, harakatlanadigan hamma narsani yeyishadi.

- OAVlar shuningdek, virus yuqori haroratga chidamli emasligi haqida xabar tarqatdi. U bizning yozgi iqlimimizga moslashmaydi deb aytish mumkinmi?

Taxminan, shunday. Viruslar biz, insoniyat kabi uchun turli zotlidir. Hamma ham morjlar kabi chiniqmaydi yoki quyoshda bo‘lishni afzal ko‘rmaydi. Ammo hozircha yangi virus haqida hamma narsa ham ma’lum emas. Bilim va tajriba to‘plangani sari yondashuvni o‘zgartirish mumkin.

- Xitoyga nisbatan havo qatnovi, sayyohlar oqimi, savdo cheklovlari va boshqa izolyatsiya choralari ko‘rilishi mumkinmi?

Chegaralarni yopishning hojati yo‘q, ushbu bosqichda savdo cheklovlari mavjud emas. JSSTning favqulodda qo‘mitasi 22-23 yanvar kunlari vaziyatni ko‘rib chiqib, Bosh direktorga sog‘liqni saqlash uchun xalqaro favqulodda vaziyatni e’lon qilishni taklif qilmadi. Ilgari, bu e’lon ikki marta sodir bo‘lgan: Xitoyda atipik pnevmoniya va G‘arbiy Afrikada Ebola virusi epidemiyasi paytida. Ammo taxminan bir haftadan keyin, ikkinchi uchrashuv rejalashtirilgan, boshqa yechim bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Hozircha. Hammasi vaziyat qanday rivojlanishiga bog‘liq.

- Xitoy rasmiylari virus tarqalishi haqidagi ma’lumotlar tufayli vahima qo‘zg‘amaslikka chaqirmoqda. Kelgusi kunlar yoki haftalar bo‘yicha prognozlaringiz qanday?

Xitoylik hamkasblarning matematik modellashtirishiga ko‘ra, fevral oyining birinchi o‘n kunligida cho‘qqiga chiqish kutilmoqda. Virus bilan chalingan odamlar ko‘paygani sari, shu odamlar qonida antitelalar paydo bo‘ladi. Har bir bunday uchrashuv virusning patogenligini kamaytiradi. Ushbu hodisa epidemik jarayonning o‘zini o‘zi tartibga solish deb nomlanadi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yangi koronavirus Gonkong, Makao, Tayvan, Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSh, Kanada, Vetnam, Singapur, Nepal, Fransiya, Avstraliya va Malayziyada aniqlangan. Rossiya va O‘zbekistonda Xitoydan va yoki boshqa davlatlardan 2019-nCoV virusining kirib kelishi holati kuzatilmadi. Respublika Sog‘liqni saqlash vaziri fuqarolarga xavfsizlik nuqtayi nazaridan vaqtincha chet elga chiqmasliklarini maslahat berdi.

Yangiliklar lentasi
0