TOShKENT, 27 yanv - Sputnik. Vladivostokda Rossiyaning Uzoq Sharqdagi harbiy salohiyati to‘g‘risidagi maxfiy ma’lumotlarni olishga uringan Yaponiya fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, yaponiyalikni huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari o‘tgan yilning 25-dekabrida qo‘lga olishgan. Rossiyaga jurnalistik viza bilan kelgan qoidabuzarga rasmiy ogohlantirish e’lon qilingan. Shuningdek, unga Rossiyani tark etish uchun 3 kun berilgan. Yaponiya fuqarosi allaqachon Rossiyani tark etgan.
“Yaponiyalik diplomatlarga norozilik notasi topshirilgan. Moskvadagi elchixona maslahatchisi TIVga tushuntirish uchun chaqirtirilgan”, - deyiladi xabarda.