Afg‘onistonda 83 yo‘lovchisi bo‘lgan samolyot halokatga uchradi

© AFP 2023 / MANDEL NGANSamolet aviakompanii Ariana Airlines
Samolet aviakompanii Ariana Airlines - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston sharqidagi G‘azni viloyatida Ariana Afghan Airlines aviakompaniyasining samolyoti quladi. Ta’kidlanishicha, samolyotda 83 yo‘lovchi bo‘lgan.

TOShKENT, 27 yanv – Sputnik. Afg‘oniston sharqidagi G‘azni viloyatida Ariana Afghan Airlines aviakompaniyasining samolyoti quladi, deb xabar qildi 1TV.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotda 83 kishi bo‘lgan.

G‘azni gubernatorining vakili Arif Nurining aytishicha, hodisa Deh Yak viloyatida yuz bergan.

Tolo News xabar berishicha, bu hudud “Tolibon”* nazorati ostida bo‘lgan. Manba ta’kilashicha, "maxsus kuchlar" voqea joyiga yuborilgan.

* Rossiya va bir qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilot.

 

 

Yangiliklar lentasi
0