O‘zbekistonda chempionlar OTMlarga sinovlarsiz qabul qilinadi

© NOK UzbekistanaUzbekskie sportsmeni na Paraaziatskix igrax
Uzbekskie sportsmeni na Paraaziatskix igrax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 yil 1-fevraldan Olimpiya va Paralimpiya hamda Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo va respublika chempionatlarida oxirgi uch yilda g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchi-o‘quvchilar qo‘shimcha davlat granti asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.

TOShKENT, 26 yanv – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev  O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.

Farmonga ko‘ra, maktablar, OTMlar kamida bittadan ustuvor, istiqboldagi, rivojlanayotgan, shu jumladan, milliy sport turlariga ixtisoslashtiriladi.

2020 yil 1-fevraldan:

- Olimpiya va Paralimpiya hamda Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo va respublika chempionatlarida oxirgi uch yilda g‘olib va sovrindor (1-3 o‘rin) bo‘lgan sportchi-o‘quvchilar budjetdan moliyalashtiriladigan OTMlarga (tibbiyot yo‘nalishidan tashqari) qo‘shimcha davlat granti asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;

Pod predsedatelstvom prezidenta Shavkata Mirziyoyeva sostoyalos videoselektornoe soveshanie po voprosam razvitiya fizicheskoy kulturi i sporta. - Sputnik O‘zbekiston
Olimpiya o‘yinlari, doping: Mirziyoyev sport mutasaddilarini tanqid qildi

“Bolalar sport o‘yinlari”ning jamoaviy o‘yin turlari bo‘yicha respublika bosqichi:

- g‘oliblariga (1-o‘rin) OTMlarga kirish imtihonlarida soha bo‘yicha mutaxassislik fanidan maksimal ball olish huquqini beruvchi, 3-yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilinadi;

- g‘olib va sovrindorlarni (1-3 o‘rin) tayyorlagan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari 1-o‘rin uchun mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining – 6 baravari, 2-o‘rin uchun – 4 baravari, 3-o‘rin uchun – 3 baravari miqdorida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi;

- maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya fan olimpiadasining g‘olib va sovrindorlarini (1-3 o‘rin) tayyorlagan jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport ta’lim muassasalarining trenerlari malaka attestatsiyasiga jalb etilmasdan, ularga tegishli malaka toifalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi;

- olimpiya sport turlari bo‘yicha respublika (1-o‘rin) va xalqaro musobaqalarda g‘olib chiqqan OTM talabalarini tayyorlagan jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi kafedralar o‘qituvchilariga navbatdagi ilmiy unvonlar (dotsent, professor) to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi.

Yangiliklar lentasi
0