Tomskdagi yong‘inda halok bo‘lgan 10 nafar o‘zbekistonlikning jasadi Toshkentga olib kelindi

© Sputnik / Vladimir Sergeyev / Mediabankka o‘tishSamolet
Samolet - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qolgan ikki nafar marhum jasadlari DNK tahlili natijalari aniqlangandan keyin yuboriladi. Hozirda o‘zbekistonliklar ishlagan kompaniya direktori qo‘lga olingan.

TOShKENT, 26 yanv – Sputnik. Tomskdagi yong‘inda halok bo‘lgan 10 nafar o‘zbekistonlikning jasadi Toshkentga olib kelindi. Bu haqda TIV mamlakatning Novosibirsk shahridagi (Rossiya) bosh konsulxonasi ma’lumotiga asoslanib xabar qildi.

Pojar v Tomskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Tomskdagi fojiada halok bo‘lgan o‘ninchi o‘zbekistonlikning shaxsi aniqlandi

Qayd etilishicha, 2020-yil 26-yanvar kuni ertalab HY-668 reysi bilan TIV, IIV va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan Tomsk viloyati Asino tumani Prichulimskiy posolkasida joylashgan yog‘ochli uy yonishi natijasida halok bo‘lgan 10 nafar O‘zbekiston fuqarolari jasadlari Toshkent shahriga yetkazilgan.

“Qolgan ikki nafar marhum jasadlari DNK tahlili natijalari aniqlangandan keyin yuboriladi”,  - deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston fuqarolari ishlagan “Grinvud” MChJ o‘rmon kesish kompaniyasi direktori huquqni himoya qilish idoralari tomonidan qo‘lgan olingan.

Yangiliklar lentasi
0