Kamilov integratsiya haqida: O‘zbekiston bu jarayonda chetda qolishi mumkin emas

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGlava MID Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Glava MID Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
TIV rahbari O‘zbekistonning tashqi savdoga chiqadigan yuklarini 80 foizi Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya orqali tranzit yo‘lidan o‘tishini eslatib o‘tdi.

TOShKENT, 25 yanv - Sputnik. Dunyoda bugun yuzlab integrallashuv tashkilotlari mavjud. Shunday ekan, O‘zbekiston boshqa davlatlar singari bu tabiiy jarayondan chetda qolishi mumkin emas, dedi O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov shanba kuni Xalqaro Press Klubning navbatdagi sessiyadagi chiqishida. Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabari asosida.

YeOII erkin savdo hududini kengaytirmoqda - Sputnik O‘zbekiston
YeOII erkin savdo hududini kengaytirmoqda

Kamilovning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston oldida kun tartibida uchta katta tashkilot bor: Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, Jahon savdo tashkiloti va Yevropa ittifoqi.

"Shu tashkilotlar bilan hamkorlikda batafsil muzokaralar olib borapmiz, qaysi shaklda O‘zbekiston mana shu integrallashuv tashkilotlarda ishtirok etishi mumkinligi haqida. Yevroosiyo (iqtisodiy) ittifoqi bo‘yicha juda ko‘p savol tug‘ilyapti. Shu yerda integratsiya masalalariga munosabatimiz haqida aytmoqchi edim: globallashuv davrida integratsiya - bu tabiiy jarayon. Barcha davlatlar shu integratsiyaga intiladi. Dunyoda yuzlab integratsion tashkilotlar bor, O‘zbekiston ham boshqa davlatlar singari bu jarayonda chetda qolishi mumkin emas. Prezident o‘z murojaatlarida aytib o‘tdilar, biz bu masalada qaror qabul qilishda doim milliy manfaatlardan kelib chiqamiz", - dedi Kamilov. 

TIV rahbari O‘zbekistonning tashqi savdoga chiqadigan yuklarini 80 foizi Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya orqali tranzit yo‘lidan o‘tishini eslatib o‘tdi.

"Diqqat markazda faqatgina O‘zbekiston xalqi manfaati bo‘ladi. Parlament ham Vazirlar Mahkamasidan keyin chuqur o‘rganib, o‘z taklifini beradi", - deb ta’kidladi Kamilov.

Yangiliklar lentasi
0