Aviaekspert "Kukuruznik"larning mahalliy parvozlar uchun yutug‘i va kamchiligi haqida

© foto iz lichnogo arxiva Viktora PradkiViktor Pradka
Viktor Pradka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Avintel aviatsiya texnologiyalari alyansi" kompaniyasi bosh direktori Viktor Pradka O‘zbekistonda yangi tashkil etilayotgan Humo Air balansiga o‘tgan eski va yangi modifikatsiyadagi An-2 samolyotlari konstruktiv xususiyatlari haqida gapirdi.

O‘zbekistonda yangi aviatsiya kompaniyasi - "Humo Air" MChJ tashkil etildi.

Aviatsionniy festival Forsaj - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Humo Air aviakompaniyasi tashkil etildi

Birinchi bosqichda uning havo flotiga 43 ta An-2, 145 ta "ASh-62IR" aviadvigatellari, shuningdek, aviatsiya uskunalari va Sirdaryodagi uchish yo‘lagi topshirildi.

Rossiyalik aviaekspert so‘zlariga ko‘ra, bu mashinaning eski analoglari zamonaviy analoglaridan ancha farqlanadi va ekspluatatsiyada ko‘plab muammolarni yuzaga keltirishi mumkin.

"Bu samolyotlar ekspluatatsiyasida ularning ishlab chiqarish resurslariga ahamiyat qaratmoq lozim. Agar dvigatellarni oladigan bo‘lsak, ular ancha oldin ishlab chiqarilgan va tez-tez xizmat ko‘rsatishni talab qiladi. Bu ikki-uch yilda qayta qoplamani talab etadigan planer konstruksiyasiga ham tegishli. Ushbu mashinalar allaqachon ishlab chiqarishdan to‘xtatilgan va ehtiyot qismlar borasida muammolar yuzaga kelishi mumkin. Modernizatsiya qilingan An-2 samolyotlari esa bu borada ancha omadli va ko‘p xizmatni talab etmaydi - ular turbovintli dvigatellarga ega va fuzelaj bilan muammolar yuzaga kelmaydi. Xususan, hozirda Rossiyada bu tipdagi samolyotlar ishlab chiqarilmoqda. Ularni ijaraga olish yoki xarid qilish xizmat ko‘rsatish nuqtayi-nazaridan ancha o‘zini oqlagan bo‘lardi", - deya tushuntirdi Pradka.

Shu bilan birga, ekspert bu klassdagi samolyotlarning mahalliy avialiniyalarda 10-15 nafargacha yo‘lovchilarni tashishda ustuvor jihatlarini e’tirof etib o‘tdi.

"Uchish tezligining pastligi va salonni modernizatsiya qilish mumkinligi bu mashinalarning bir ming kilometrgacha bo‘lgan masofaga odamlar va yuklarni tashishiga imkon yaratadi", — deb qo‘shimcha qildi u.

To‘liq izohni Sputnik O‘zbekiston radiopodkastida tinglashingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0