TOShKENT, 24 yanv - Sputnik. Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli Qirg‘iziston Xitoydan go‘sht va go‘sht mahsluotlarni vaqtincha olib kirishni chekladi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston Veterinariya va fitosanitariya xavfsizligi davlat inspeksiyasiga asosan xabar qildi.
Veterinariya idorasi Qirg‘izistonga Xitoydan 140 tonna quturgan mol go‘shti olib kirilgani haqida ijtimoyi tarmoqlarda tarqalgan xabarni rad etdi. Bu feyk xabarlarda chegarada 70 tonna go‘sht to‘xtatilgani va shu miqdorda sotuvga chiqarilgani aytilgan, fuqarolar fastfut bilan ovqatlanmaslik va qiyma go‘shtni sotib olishmasligi yuzasidan ogohlantirilgan.
Davlat inspeksiyasida ta’kidlanishicha, o‘tgan yil dekabrda Xenan provinsiyasidan 48 tonna o‘rdak go‘shti olib kirilgan. Bu go‘sht barcha tekshiruv va ekspertizalardan o‘tkazilgandan so‘ng sotuvga chiqarilgan.
Xitoyda koronavirus bilan vaziyat hal bo‘lgunga qadar go‘sht olib kirish to‘xtatildi.
Inspeksiya tomonidan feyk xabarlar internetda tarqatilishi holati yuzasidan mamlakat milliy xavfsizlik qo‘mitasiga xat yuborildi.