Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Oliy majlisi yangi chaqiriq deputatlariga murojaatnomasidan tayyorlangan videolavha. O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabariga asosan.
Tadbir o‘tkazilish joyi etib an’anaviy O‘zbekiston Forumlar majmuasi emas, balki 2019-yilda qurib bitkazilgan va poytaxt ko‘rkiga aylanishga ulgurgan Tashkent Citydagi Kongress xoll tanlangan.
O‘z murojaatnomasida prezident ilm-fan, ta’lim tizimini rivojlantirish, korrupsiya, xalqaro hamkorlik, iqtisodiy hamkorlik, G‘alaba kunini nishonlash, so‘z erkinligi va boshqa masalarlar haqidagi gapirdi.
Murojaatnoma 3 soatga yaqin davom etdi.