Qrim tatarlari Rossiyaga bostirib kirish marshi tashabbuskorlarini ogohlantirdi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishZimniy Krim
Zimniy Krim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qrim tatarlarining Qrim mintaqaviy milliy-madaniy avtonomiyasi rahbari Eyvaz Umerov Qrimga marshi tashabbuskorlarini shoshqaloq harakatlardan ogohlantirdi.

TOShKENT, 23 yanv – Sputnik. Qrim tatarlarining Qrim mintaqaviy milliy-madaniy avtonomiyasi rahbari Eyvaz Umerov Qrimga marshi tashabbuskorlarini shoshqaloq harakatlardan ogohlantirdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Amerikanskiy strategicheskiy razvedivatelniy BPLA RQ-4 Global Hawk - Sputnik O‘zbekiston
Amerika droni Qrim chegarasida razvedka o‘tkazdi

Avvalroq, Oliy Radaning sobiq deputati, “Qrim tatar xalqining Mejlisi”* tashkiloti rahbari Refat Chubarov Ukrainaning “Beshinchi kanal” efirida uning tarafdorlari 2-may kuni Chongar nazorat-o‘tkazish punktida Qrim bilan chegarani kesib o‘tmoqchi ekanliklarini aytdi.

Unga ko‘ra, Ukraina hududidan yarimorolga piyoda marshda tashkilot a’zolari, shuningdek deputatlar va "g‘arbiy sheriklar" bo‘ladi. Shu bilan birga, sobiq deputat chegarani buzib o‘tish bilan bog‘liq ssenariy bo‘lishi mumkinligini istisno qilmadi.

"Mening bu namoyish katta olomonni yig‘ishiga shubham katta. Ukrainada mejlisning* siyosati to‘liq muvaffaqiyatsizlikka uchragani va qulashi qochoq a’zolarini o‘z faoliyatlarini radikallashtirishga majbur qilmoqda. Men marshda Ukraina siyosatchilari qanday qilib birinchi o‘rinda turishini bilmayman, lekin kimdir bu provokatsiyaga boradigan bo‘lsa, eslatib o‘tmoqchiman, Rossiya Federatsiyasining suveren chegarasini buzishga qaratilgan har qanday harakatlar hibsga olish bilan yakunlanadi", - dedi RIA Novostiga Umerov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ekstremistlarning marshi vatandoshlarning qaysidur qismini boshini "kandaga qo‘yish" va shu orqali Qrim masalasini G‘arb mamlakatlari va Ukraina ichki axborot kun tartibiga qaytarish uchun qilinmoqda.

"Mejlis* yetakchilari odamlarni yana bir bor kamida qamoqqa tortilishi va ko‘pi bilan o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yishi mumkin bo‘lgan namoyishlarga tashlashga tayyor", - deya ta’kidladi Umerov.

Shuningdek, u radikallar o‘zlarining g‘arazli maqsadlariga erishish uchun o‘z xalqining bir qismini qurbon qilishga tayyorligini ta’kidladi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Yangiliklar lentasi
0