TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Tomsk viloyati Pervomayskiy tumani Voznesenka qishlog‘ida vagoncha yonib ketish oqibatida O‘zbekiston fuqarosi Sh.R. vafot etdi. Bu haqda TIV mamlakatning Novosibirsk shahridagi (Rossiya) bosh konsulxonasining ma’lumotiga asoslanib xabar qildi.
Qayd etilishicha, bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi bilan birgalikda fuqaroning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Sibir federal okrugi (Oltoy Respublikasi, Buratiya Respublikasi, Tiva Respublikasi, Xakasiya Respublikasi, Oltoy o‘lkasi, Zabaykal o‘lkasi, Krasnoyar o‘lkasi, Irkusk viloyati, Kemerovsk viloyati, Novosibirsk viloyati, Omsk viloyati, Tomsk viloyati) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda Novosibirsk shahridagi mamlakat bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan: + 7 (383) 246-04-85; + 7 (383) 246-04-63, + 7 (383) 246-04-64; + 7 (383) 246-04-84.