Xitoydagi yangi koronavirus manbai aniqlandi

© AFP 2023 / FRED DUFOURProdaja ingrediyentov dlya traditsionnoy kitayskoy kosmetiki i lekarstv na rinke v Gonkonge
Prodaja ingrediyentov dlya traditsionnoy kitayskoy kosmetiki i lekarstv na rinke v Gonkonge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olimlarning fikriga ko‘ra, halokatli virusni tashuvchisi tasmali krayt va kobra - ko‘rshapalaklarni ovlaydigan ilonlardir. Ular Uxandagi bozorda sotilgan.

TOShKENT, 23 yanv - Sputnik. Xitoydan kelib chiqqan yangi koronavirusni genetik tahlil qilish doirasida olimlar uning eng ehtimoliy manbai Uxandagi bozorda sotilgan ilonlar ekanligini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari Journal of Medical Virology jurnalida chop etildi.

Infeksiyasi birinchi marta 2019-yil dekabr oyi oxirida Xitoyning markaziy qismida joylashgan Uxan shahrida qayd etilgan koronavirus so‘nggi 17-yil ichida yuzlab odamlarning hayotini qurbon qilgan o‘tkir respirator sindromning taniqli koronavirusi yoki SARS-CoV atipik pnevmoniya va Yaqin Sharq nafas yo‘llari sindromi MERS-CoV koronaviruslari turiga tegishli. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) yangi koronavirusni 2019-nCoV deb belgiladi

Rossiyskie mediki  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada koronavirusga qarshi vaksina yaratish uchun dori borligi ma’lum bo‘ldi

SARS va MERS ikkalasi ham zoonoz virusli kasalliklar deb tasniflanadi, ya’ni birinchi virus bilan kasallanganlar bu viruslarni hayvonlardan yuqtirgan. Shunday qilib, virus hayvonning tanasida bo‘lganida, bir qator genetik mutatsiyalarga boshdan kechirib, odamlarga yuqish hususiyatiga ega bo‘ldi.

Bir vaqtning o‘zida, tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ko‘rshapalaklar SARS-CoV va MERS-CoVning boshlang‘ich manbai bo‘lgan, ular va insonlar o‘rtasidagi bo‘g‘in tuyalar va Himolay sivetalari.

Xitoylik olimlar yangi virusning batafsil genetik tahlilini o‘tkazdilar va uning natijalarini boshqa viruslar uchun mavjud bo‘lgan genetik ma’lumot bilan taqqosladilar. Ular 2019-nCoV - bu ko‘rshapalaklar ichida bo‘lgan koronavirus va noma’lum kelib chiqadigan boshqa koronavirusning birikmasi va odamlarga esa ilonlardan yuqadi degan xulosaga kelishdi. Sudralib yuruvchilar organizmida virusli oqsilning rekombinatsiyasi sodir bo‘ldi, shundan so‘ng uning ilonlardan odamlarga yuqishi mumkin bo‘ldi.

Tadqiqot natijalari virusning asosiy manbasi kasallik tarqalishining markazi bo‘lgan Uxandagi ulgurji bozorda sotiladigan mahsulotlardan izlash kerak degan dastlabki taxminni to‘liq tasdiqlaydi.

Laboratoriya immunofermentnix issledovaniy - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Xitoydagi koronavirus tufayli chegaradagi sanitar nazoratni kuchaytirdi

Olimlarning fikriga ko‘ra, halokatli virusni tashuvchisi tasmali krayt va kobra - ko‘rshapalaklarni ovlaydigan ilonlardir. Ular Uxandagi bozorda sotilgan.

Virusning kelib chiqishi gipotezasini tasdiqlash uchun bozorda sotiladigan hayvonlarning DNK namunalarini, shuningdek, yovvoyi ilonlar va ko‘rshapalaklarni olinishi kerakligini qo‘shimcha qildilar. Biroq, avj olganidan keyin bozor dezinfeksiya qilindi va yopildi, bu yangi virus manbasini kuzatishni qiyinlashtiradi. Shunga qaramay, olingan natijalar 2019- nCoV hayot davrini tushunish va unga qarshi vaksinani ishlab chiqish uchun juda muhimdir.

Koronavirusning nomi uning shaklidan kelib chiqadi, elektron mikroskop yordamida olingan suratlarda quyosh tojiga o‘xshaydi. Koronaviruslar havo orqali yuqadi va birinchi navbatda sutemizuvchi va qushlarning yuqori nafas yo‘llariga va oshqozon-ichak yo‘liga ta’sir qiladi.

Yangiliklar lentasi
0