TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati so‘nggi vaqtlarda turli shaharlardagi odam gavjum bo‘ladigan jamoat obyektlarining minalashtirilgani haqidagi soxta xabarlar qaysi serverlardan yuborilganini aniqladi. RIA Novosti xabariga asosan.
“28 noyabrdan bugungi kunga qadar Niderlandda ro‘yxatdan o‘tgan Startmail.com xizmatidan Rossiyaning 16 viloyati sudlari adresiga mingdan ortiq anonim xabarlar kelgan”, - deyli FSB.
Ushbu xabarlarda 16 mingdan ortiq maktab, bolalar bog‘chalari, vokzal, savdo markazlari, sud, kasalxona, metro va boshqa odam gavjum bo‘ladigan jamoat obyektlarining minalashtirilgani haqida xabar qilingan. Tekshiruv natijasida ushbu xabarlarning barchasi yolg‘on bo‘lib chiqdi.
Roskomnadzor xabariga ko‘ra, Startmail.com xizmati vakillari Rossiya tomon talabiga binoan soxta xabarlar yuborilgan elektron pochta egalari haqida ma’lumotlarni taqdim etishmadi.
“Lekin shunga qaramasdan, ushbu xizmat egalari tartibli va qonunparvar insonlar ekaniga va ularning ushbu ekstremistik xatlar yuborgan insonlarga hech qanday aloqasi yo‘qligiga biz ishonamiz”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, FSB yomon niyatli kishilarning ana shunday harakatlarini kelajakda ham cheklash maqsadida muayan qadamlar qo‘yganini aytib o‘tgan. Bugun 23-yanvardan boshlab Rossiya hududida Startmail.com sanbaasiga kirish cheklanadi.