"Boy pensioner va kambag‘al hamshira" tizimi kelajakda ishlamay qolishi mumkin - ekspert

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishChempionat WorldSkills Kazan 2019
Chempionat WorldSkills Kazan 2019 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kambag‘al davlatlar aholisining qarib borayotgani - kelajakda insoniyatning eng katta muammosiga aylanishi mumkin - ekspert.

TOShKENT, 23 yanv - Sputnik. O‘sib borayotgan tengsizlikni tashvishlantiruvchi omillardan biri bu aholining qarishi va mehnatga layoqatli yoshidan chiqishi munosabati bilan parvarishga muhtoj odamlar sonining ko‘payishi dir deb hisoblaydi rossiyalik ekspert Viktor Maraxovskiy.

Bill Geyts taomnomasi: dunyoning eng boy odami nima tanovul qiladi

Xususan, parvarishga muhtoj odamlar soni 2015-yilda 2,1 milliard bo‘lgan bo‘lsa 2030-yilga kelib 2,3 milliard bo‘lishi kutilmoqda.

Haqiqat shundaki, taxminan yigirma besh yil oldin, Shimoliy Yarimshar mamlakatlari tug‘ilishning pastligi sababli aholining kamayishi istiqboli vujudga keldi va "bizning fabrikalarimizda kim ishlaydi va qariyalarimiz bilan birga kim o‘tiradi" degan savol paydo bo‘ldi, unga tez va tinchlantiruvchi javob topildi.

Javob quyidagicha edi: kambag‘al mamlakatlardan kelgan muhojirlar fabrikalarda ishlashadi va fabrikalarning o‘zi ham avtomatlashtiriladi. Qariyalarga qaraydiganlar ham kambag‘al mamlakatlardan bo‘ladi. U mamlakatlardagilar "quyon kabi" tez ko‘payishadi. Shunday qilib, mehnatga layoqatli yosh qo‘llar butun dunyo uchun yetarli bo‘ladi.

Generalniy direktor Amazon Djeff Bezos - Sputnik O‘zbekiston
Forbes AQShda eng boy kishining ismini e’lon qildi

Boshqacha qilib aytganda, "kambag‘allar biz uchun ishlaydilar va biz yevropaliklar va shimoliy amerikaliklar, kerak bo‘lganda arzon ishchi kuchini olib kirib bundan daromad topadigan millat bo‘lamiz", - degan tushuncha asosida ish ko‘rish boshlandi.

Chorak asrdan o‘tib, bundan tizim har jihatdan muvaffaqiyatsizlikka uchray boshladi. Birinchidan, kambag‘al dunyoda ham "ishlaydigan qo‘llarni" tug‘ishni kamaymoqda. Ma’lum bo‘lishicha, kambag‘al mamlakatlar "aholisi quyondek ko‘payadi" degan tushuncha bu shunchaki bir stereotip. Ukraina, Moldova, Albaniya ancha kambag‘al, ammo nasl bermayaptilar.

Tug‘ish darajasi, shu jumladan Afrikada ham pasaymoqda, chunki urbanizatsiya darajasi, ayollar orasida bilim darajasi va kontratseptiv vositalardan foydalanish darajasi oshmoqda. Oddiy qilib aytganda, afrikaliklar, xuddi yevropaliklar singari, "qashshoqlikka nasl berishni" xohlamay qoldilar, aksincha kam sonli oila sifatida iste’mol sifatini oshirishni xoxlashmoqda.

Nauchniy direktor Germano-rossiyskogo foruma Aleksandr Rar - Sputnik O‘zbekiston
Yangi dunyoni Osiyo yaratmoqda, Yevropa emas - Valday klubi eksperti

Xuddi shunday tushuncha Sharqiy Osiyo, arab davlatlari, Ispaniya va boshqa mamlakatlarga ham kirib kelmoqda.

Bu shuni anglatadiki, "boy-pensioner" va "kambag‘al-hamshira" davlatlar bo‘lgan dunyo sxemasi ishlamay qolishi mumkin. Chunki 21-asrning o‘rtalariga kelib kambag‘al xalqlarning kam sonli mehnatga layoqatli avlodlarida keksa ota-onalari bo‘ladi va ularga kimdir qarashi kerak bo‘ladi.

Oddiy qilib aytganda, hozircha boy davlatning o‘rtamiyona fuqarosi uchun shartli "Esmeralda" hamshirasini yollashga imkon bor. Biroq, 30-yildan so‘ng, kambag‘al mamlakatdan kelgan hamshira badavlat mamlakatlardagi qariyalarning aksariyati uchun juda qimmatga tushishi mumkin. Va ularning bolalari va nabiralari esa yetarli bo‘lmaydi.

Kelajakda bunday odamlar ko‘paymasligi aniq. Aksincha bo‘lishi mumkin. Bu haqda, ehtimol, Davosda aytilmaydi, chunki u yerda o‘ziga yarasha atmosfera bor.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda boylar va kambag‘allar orasida tengsizlik darajasi tobora ortib bormoqda. Oxfam tashkiloti 21-yanvar kuni e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoning eng boy 1% aholisning daromadi qolgan 99% aholining daromadidan ko‘p ekan. Bunday bo‘lishiga sabab boy kishilar va korporatsiyalarning yil sayin tobora kamroq soliq to‘layotganida deb hisoblaydi tashkilot. Shuningdek, insoniyatning teng yarmi kuniga atigi 5,5 dollar evaziga yashaydi. 735 million eng qashshoq aholi esa - kuniga 2,16 dollar evaziga yashaydi. 

 

Yangiliklar lentasi
0