O‘zbekiston jamoasi OCh finali va Tokio-2020 yo‘llanmasi uchun maydonga tushadi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaOlimpiyskaya sbornaya Uzbekistana 19-yanvarya provedet match protiv komandi Obyedinennix Arabskix Emiratov (OAE)
Olimpiyskaya sbornaya Uzbekistana 19-yanvarya provedet match protiv komandi Obyedinennix Arabskix Emiratov (OAE) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tailandda o‘tayotgan futbol bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati—2020 musobaqasining yarim finalida O‘zbekiston Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi.

TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Bugun, 22-yanvar kuni Tailandda davom etayotgan futbol bo‘yicha U-23 Osiyo chempionatning yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Ulardan birida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga chiqadi.

Olimpiyskaya sbornaya Uzbekistana 19-yanvarya provedet match protiv komandi Obyedinennix Arabskix Emiratov (OAE) - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston BAAni yer bilan yakson etib, yarim finalga yo‘l oldi

O‘zbekistonlik futbolchilar ko‘k rangli libosda harakat qilishadi. O‘yin Bangkokdagi “Rajamangala” stadionida bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 15:15 da boshlanadi.

Mazkur bahsni yaponiyalik Ruji Sato boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Qayd etish joizki, mazkur bahs g‘olibi nafaqat turnir finali, balki Tokio-2020 Olimpiada yo‘llananmasiga ham ega bo‘lishi bilan ahamiyatlidir.

Ikkinchi final yo‘llanmasi uchun Avstraliya va Janubiy Koreya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashishadi.

Yangiliklar lentasi
0