Yonilg‘i iste’molchilari uchun maxsus bot ishga tushirildi

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovZapravka avtomobilya na odnoy iz avtozapravochnix stansiy.
Zapravka avtomobilya na odnoy iz avtozapravochnix stansiy. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Telegram-bot Toshkent va Toshkent viloyatidagi AYoQShlar haqidagi ma’lumotlarni berib turibdi. Qisqa muddatda esa Telegram-botdan respublikaning boshqa hududlarida ham foydalanish imkoniyati yaratiladi.

TOShKENT, 22 yanv – Sputnik. Iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida kompaniya Telegram messenjerida @UNG_Petro_Botni ishga tushirildi. Bu haqda "O‘zbekneftgaz" AJ Matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Avtozapravochnaya stansiya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda “UNG” brendi ostida neft va gaz mahsulotlari sotilmoqda

Telegram orqali ochilgan ushbu "@UNG_Petro_Bot"  bot orqali iste’molchilar "UNG Petro" korxonasiga tegishli barcha AYoQShlar joylashuvini xaritaga qarab aniqlash, sotilayotgan neft mahsulotlari turlari, narxlari va aloqa uchun telefon raqamlarini bilib olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Telegram-bot sayyohlarga ham qulaylik yaratish maqsadida uch tilda ishga tushirilgan.

Ayni paytda ushbu Telegram-bot Toshkent va Toshkent viloyatidagi AYoQShlar haqidagi ma’lumotlarni berib turibdi.

Qisqa muddatda esa Telegram-botdan respublikaning boshqa hududlarida ham foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Bir oz avval UNG brendi ostida neft mahsulotlarini sota boshlagan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i tashkil etilgani haqida xabar berilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0