TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Mixail Mishustin boshchiligidagi Rossiya hukumatining yangi tarkibi ma’lum bo‘ldi. Bu haqida Kreml matbuot xizmati xabar qilmoqda.
O‘z lavozimini saqlab qolgan vazirlar:
- Sergey Lavrov – tashqi ishlar vaziri
- Sergey Shoygu – mudofaa vaziri
- Vladimir Kolokolsev – ichki ishlar vaziri
- Aleksandr Novak – energetika vaziri
- Denis Manturov – sanoat va savdo vaziri
- Dmitriy Patrushev – qishloq xo‘jaligi vazirligi
- Yevgeniy Zinichev - FVV vaziri
- Aleksandr Kozlov – Uzoq Sharq va Arktikani rivojlantirish vaziri
- Dmitriy Kobilkin – tabiat resurslari va ekologiya vaziri
- Vladimir Yakushev – qurilish va kommunal xizmatlar vaziri
- Yevgeniy Ditrix – transport vaziri
Yangi kelgan vazirlar:
Mixail Murashko – sog‘liqni saqlash vaziri
Olga Lyubimova – madaniyat vaziri
Sergey Kravsov – maorif vaziri
Oleg Matisin – sport vaziri
Maksim Reshetnikov – iqtisodiy rivojlanish vaziri
Maksut Shadayev – raqamli rivojlanish vaziri
Valeriy Falkov – fan vaziri
Anton Kotakov – mehnat vaziri:
O‘z lavozimini yo‘qotgan vazirlar:
Olga Vasilyeva (maorif), Pavel Kolobkov (sport) , Maksim Oreshkin (ekonomika), Veronika Skvorsova (sog‘liqni saqlash) , Maksim Topilin (mehnat) , Vladimir Medinskiy (madaniyat), Mixail Kotukov (fan), Konstantin Noskov (aloqa vazirligi).
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning oldingi hukumati to‘liq tarkibda 15-yanvar kuni Vladimir Putin nutqidan so‘ng iste’foga chiqqan edi. Sobiq bosh vazir Dmitriy Medvedev Xavfsizlik kengashida prezident o‘rinbosari lavozimiga o‘tgan.