Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i bo‘ldi

© Tergov departamentiDoniyor Tashxodjayev
Doniyor Tashxodjayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IIV huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘i Doniyor Tashxodjayev Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i etib tayindlandi.

TOShKENT, 22 yanv - Sputnik.  Ichki Ishlar vaziri o‘rinbosari Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga  rahbar etib tayinlandi. Bu haqda Tergov departamenti axborot xizmati ma’lum qilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari,  polkovnik —Doniyor Tashxodjayev Baxtiyarovich Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Doniyor Tashxodjayev bugungacha IIV huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti shaxsiy tarkibi polkovnik Doniyor Tashxodjayevga kelgusi ish faoliyatida muvaffaqiyatlar tilagan.

 

Yangiliklar lentasi
0