TOShKENT, 22 yanv - Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida yangi shakllangan parlament quyi palatasi deputatlari O‘zbekiston Vazirlar mahkamasi a’zoligiga nomzodlarni ko‘rib chiqishdi.
Majlisda Hukumat a’zoligiga nomzodlarni lavozimiga ma’qullash haqida qaror qabul qilishdi.
- O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga – Ramatov Ochilboy Jumaniyazovich;
- O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – moliya vaziri lavozimiga – Qo‘chqorov Jamshid Anvarovich
- O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga – Abduhakimov Aziz Abduqahhorovich;
- O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – O‘zbekiston xotin–qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga – Bositxonova Elmira Irkinovna;
- Transport vaziri lavozimiga – G‘aniyev Elor Majidovich;
- Qurilish vaziri lavozimiga – Zokirov Botir Erkinovich;
- Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimiga – Soliyev Muzaffar Xoldarboyevich;
- Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga – Xo‘jayev Botir Asadillayevich;
- Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga – Husanov Nozim Baxtiyorovich;
- Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga – Umurzoqov Sardor O‘ktamovich;
- Energetika vaziri lavozimiga – Sultonov Alisher Saidabbosovich;
- Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga – Xo‘jayev Jamshid Abduhakimovich;
- Suv xo‘jaligi vaziri lavozimiga – Hamroyev Shavkat Rahimovich;
- Adliya vaziri lavozimiga – Davletov Ruslanbek Kuroltayevich;
- Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga – Majidov Inom Urishevich;
- Xalq ta’limi vaziri lavozimiga – Shermatov Sherzod Xotamovich;
- Maktabgacha ta’lim vaziri lavozimiga – Shin Agrippina Vasilyevna;
- Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga – Shodmonov Alisher Qayumovich;
- Jismoniy tarbiya va sport vaziri lavozimiga – Nabiyev Dilmurod Hamidullayevich;
- Innovatsion rivojlanish vaziri lavozimiga – Abdurahmonov Ibrohim Yo‘lchiyevich;
- Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga – Sodiqov Shuhrat Muhamadjanovich;
- Madaniyat vaziri lavozimiga – Nazarbekov Ozodbek Ahmadovich;
- Mudofaa vaziri lavozimiga – Qurbonov Bahodir Nizomovich;
- Ichki ishlar vaziri lavozimiga – Bobojonov Po‘lat Razzaqovich;
- Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga – Xudaybergenov Tursinxon Aydarovich;
- Tashqi ishlar vaziri lavozimiga – Kamilov Abdulaziz Hafizovich;
Qonunchilikka ko‘ra, Vazirlar mahkamasi a’zolari Qonunchilik palatasi deputatlari ma’qullaganlaridan so‘ng bosh vazir taqdimnomasiga muvofiq O‘zbekiston prezidenti tomonidan tayinlanadilar.