Camarqandda 3 yoshli bolakayning hayotini saqlab qolgan yigit taqdirlandi

© MChS UzbekistanaJurabek Ziyodov poluchil blagodarnost ot MChS Uzbekistana
Jurabek Ziyodov poluchil blagodarnost ot MChS Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jo‘rabek Ziyodov Kattaqo‘rg‘onda zovurga tushib ketgan bolani qutqarish uchun o‘zini muzdek suvga otib, uni qutqarib qoldi. Shuningdek, o‘z vaqtida birinchi yordamni ko‘rsatib, bolakayning hayotini saqlab qolgan.

TOShKENT, 22 yanv - Sputnik. Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi uch yoli bolakayning hayotini saqlab qolgan Jo‘rabek Ziyodovni taqdirladi.

“O‘z jonini xatarga qo‘yib, qahramonlik ko‘rsatgan Jo‘rabekning qahramonona xatti-harakatlari Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan alohida e’tirof etilib, esdalik sovg‘alar va faxriy yorliq topshirildi”,  - deyiladi FVV xabarida.

Jo‘rabek Kattaqo‘rg‘on tumanining Jumaboy mahallasi, Jumaboy qishlog‘ida nafaqat kanalda oqib ketayotgan uch yoshli bolani suvdan olib chiqqan, balki o‘z vaqtida birinchi yordamni ko‘rsatish orqali uning hayotini saqlab qolgan. Ayni damda bolakayning sog‘ligi joyida. Jasaorat ko‘rsatgan Jo‘rabek esa qishloq ahli faxriga aylandi.  

Yangiliklar lentasi
0