TOShKENT, 21 yanv - Sputnik. Tomsk viloyati Asinov tumanida 21-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan mudhish yong‘in oqibatida 11 kishi qurbon bo‘ldi deb xabar qilmoq da RIA Novosti, Rossiya FVV matbuot xizmatiga asosan.
"Tomsk viloyati, Asinov tumanining Prichulimskiy posolkasida dushanbadan seshanbaga o‘tar kechasi yong‘in sodir bo‘ldi. O‘t o‘chiruvchilar yetib kelganda bino butunlay olov ichida qolgan edi. Bino ichida bo‘lganlardan 3 kishi tashqariga chiqishga ulgurgan. Moskva vaqti bilan soat 7:03da 11 qurbonning jasadi topildi," - deyilgan xabarda.
Yong‘in umumiy maydoni 208 kvadrat metrni tashkil qilgan. Uni o‘chirishda 19 kishi va 6ta texnika ishtirok etgan. Tomsk FVV xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, kuyib ketgan bino yotoqxona bo‘lgan, unda "Grinvud " MChJ yog‘och tayyorlov kompaniyasining 12 xodimi yashagan.
FVV dastlabki xabarlarga ko‘ra, qurbon bo‘lganlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lishi mumkin.
Tomsk viloyati gubernatori Sergey Jvachkin ushbu favqulodda holat yuzasidan tashkil qilingan tezkor shtabga shaxsan boshchilik qilmoqda.
So‘nggi damda olingan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi FVV, TIV, IIV hamda hududiy konsullik xizmatlari bilan hamkorlikda halok bo‘lganlarning shaxsiga aniqlik kiritish va ularni vataniga olib kelish bo‘yicha tashkiliy ishlar olib borilmoqda.