TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Toshkent shahrida Gruziyaning TBC Bank Group PLC kompaniyasining TBC Bank aksiyadorlik tijorat banki tashkil etiladi. Dastlabki ruxsatnoma O‘zbekiston Markaziy bankining Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan berildi.
Markaziy bank xabarida keltirilishicha, dastlabki ruxsatnoma olti oy muddatga beriladi.
Ushbu davr mobaynida muassis tomonidan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya olish uchun tegishli tashkiliy-texnik tadbirlar amalga oshirilishi va bank ustav kapitali shakllantirilishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gruziyaning TBC Bank banki O‘zbekistonda Payme brendi ostida faoliyat ko‘rsatuvchi Inspired MChJning aksiyalarining 51 foizini sotib olgani xabar qilingan edi.