Insofsiz “Human” ishini boshqa bandlik agentligi bajarmoqda

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishSentr zanyatosti
Sentr zanyatosti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Human” bandlik agentligidan jabrlangan fuqarolar boshqa xususiy bandlk agentligi tomonidan xorijda ish bilan ta’minlanmoqda.

TOShKENT, 21 yanv - Sputnik. “Human” xususiy bandlik agentligidan jabrlangan fuqarolarning yana bir guruhi xorijga ishga jo‘natilmoqda. Bu haqda tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xodimi ma’lum qildi.

Bir oz avval Qashqadaryo viloyatida Xorijiy ish beruvchilarning mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tgan endi. Yarmarka doirasida “Migration consulting agency” xususiy bandlik agentligi tomonidan “Human” xususiy bandlik agentligidan jabrlangan  5 nafar fuqaroga Bolgariyada ishlash uchun ish vizasi bor pasport va chiptalar taqdim etilgan.

Joriy yilning 23-yanvar kuni ushbu fuqarolar vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Bolgariya davlatiga uchib ketadilar.

Bugungacha “Human” xususiy bandlik agentligidan jabrlanganlarning 35 nafari Bolgariyaga ishga jo‘natilgan.

Qayd etilishicha, ayni damda jabrlangan har bir fuqaroning holati o‘rganilib, ularni kasbga o‘rgatish, ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish va boshqa xususiy bandlik agentliklari orqali xorijga ishga yo‘naltirish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0