Yer yuzida Empayar-steyt-bilding osmono‘par binolarining umumiy og‘irligiga teng darajada plastmassa ishlab chiqarilgan. O‘zbekiston O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining ma’lum qilishicha, bu insoniyatga xavf soladi.
Kaliforniya universiteti olimlariga ko‘ra, Yerda so‘nggi 65-yil ichida insoniyat 8,3 mlrd tonna plastmassa ishlab chiqargan.
Bu esa taxminan 25 mingta, Nyu-Yorkdagi Empayar-steyt-bilding osmono‘par binolarining umumiy og‘irligi yoki 2 mlrd. fillarning umumiy massasiga teng degani.
Shuningdek, muammo aynan bir martalik idishlarning qisqa muddatda ishlatilib, chiqindiga tashlanayotganligida ekanligi aytilmoqda.
Sababi, ishlab chiqilgan plastmassalarning 70% hozir chiqindi poligonlari, Yer ustiga sochilib ketgan yoki Dunyo okeanini ifloslantirmoqda.
“Biz juda tez plastmassa sayyorasiga aylanmoqdamiz. Agarda biz ifloslangan dunyoda yashashni istamasak, ba’zi bir materiallarni, xususan plastikdan foydalanishni qayta ko‘rib chiqishimiz lozim,”- deydi sanoatchi-ekolog Roland Geyer.