Bozor direktori va o‘rmon xo‘jaligi omborchisining kirdikorlari fosh bo‘ldi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovMujchina v naruchnikax
Mujchina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Biri ijara pullarini ikkinchisi dizel yonilg‘isini "yeb" yuborgan bozor direktori va o‘rmon xo‘jaligi omborchisining kirdikorlari fosh bo‘ldi.

TOShKENT, 21 yanv - Sputnik. Qarshi shahar avtomobil bozori rahbari va uning sheriklari, shuningdek, Asaka tumani o‘rmon xo‘jaligi omborchisining harakatlari yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Respublika Bosh prokuraturasi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Qarshi shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasida, Qarshi shahar “Ixtisoslashtirilgan avtomobillar bozori” rahbari B.A. va boshqalarning 2015-yildan 2019-yilning 10 oyigacha bo‘lgan vaqt davomida sodir etib kelgan kirdikorlari fosh etilgan.

Sheriklar avtomobil bozoridagi xo‘jalik yurituvchi subyektlardan undirilgan 3,5 mlrd. so‘m ijara to‘lovlarining 1,3 mlrd. so‘mini o‘zlarining shaxsiy manfaatlari yo‘lida ishlatib kelishgan.

Shu kabi talon-tarojlik Andijon vloyatining Asaka tumanida ham sodir etilgan.

O‘rmon xo‘jaligining Asaka tuman bo‘limi omborchisi K.M. o‘ziga ishonib topshirilgan umumiy narxi 121,7 mln. so‘mlik 19,8 ming. litr dizel yoqilg‘isini rastrata qilish yo‘li bilan o‘zlashtirgan.

Hozirda mazkur ikki holat bo‘yicha ham javobgarlarga nisbatan JKning  tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0