Abdulla Aripov O‘zbekiston bosh vaziri etib saylandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaAbdulla Aripov utverjden na post premyer-ministra Uzbekistana
Abdulla Aripov utverjden na post premyer-ministra Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bosh vazir lavozimiga Abdulla Aripovni tavsiya etgan edi. Deputatlar uning nomzodini qo‘llab-quvvatlashdi.

TOShKENT, 21 yanv – Sputnik. Abdulla Aripov O‘zbekiston bosh vaziri lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

Oliy Majlis palatalari Abdulla Aripovni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri lavozimiga tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Qo‘shma majlisda qatnashayotgan 150 nafar deputatdan 148 nafari, 97 senatordan 94 nafari Abdulla Aripov nomzodini yoqlab ovoz berdi.

“Yuksak ishonchingizni oqlash yo‘lida o‘zgarmasdan bor kuch va g‘ayratimni, bilimim, orttirgan tajribam, bor borlig‘imni shu ishga bag‘ishlashga va’da beraman. Jonajon vatanimizga, ko‘p millatli xalqimizga, muhtaram prezidentimizga cheksiz sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilishga barchangizning oldingizda va’da beraman”, - dedi O‘zbekiston bosh vaziri.
Yangiliklar lentasi
0