Qozog‘iston “qoramol embargo”si O‘zbekistonga qattiq ta’sir qiladi – ekspert

© Foto : Iz lichnogo arxiva Dmitriya GordeyevaDmitriy Gordeyev
Dmitriy Gordeyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya FA Gorbatov nomidagi oziq-ovqat tizimlari, iqtisodiy va tahliliy tadqiqotlar va IT-texnologiyalar ilmiy markazi rahbari Dmitriy Gordeyev Qozog‘istonda qoramollarni eksport qilish taqiqlanishi O‘zbekistonga qanday ta’sir qilishi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Qozog‘iston yirik va mayda chorva mollarini mamlakatdan olib chiqishni taqiqladi, chunki o‘ta ko‘p miqdordagi eksport tufayli go‘sht narxi asossiz ravishda ko‘tarildi.

Korovi na ferme - Sputnik O‘zbekiston
Go‘sht qimmatlashdi: Qozog‘iston qoramol eksportini taqiqladi

Rossiyalik ekspertning fikriga ko‘ra, bu turdagi embargo O‘zbekistonda go‘sht taqchilligi va go‘sht mahsulotlar narxlarining ko‘tarilishiga olib keladi.  

“Hozircha aniq raqamlar haqida gapirish erta. Agar O‘zbekiston hukumati go‘sht etishmaslik muammosini o‘z vaqtida hal qilsa, narxlar biroz ko‘tariladi. Agar muammo qisqa vaqt ichida hal qilinmasa, narxlar 10 va 20 foizga ko‘tarilishini ko‘rishimiz mumkin. Hammasi O‘zbekiston bozorining bu embargoga qanday reaksiya qilishiga bog‘liq”, - deb ta’kidladi Gordeyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, go‘shtni qayta ishlash korxonalar va qassobxonalar ham zarar ko‘radi, ular xom ashyo bilan ta’minlanishi sezilarli darajada kamayadi.

Ekspert O‘zbekistonda "zamonaviy texnologiyalar va ilmiy yutuqlardan foydalangan holda go‘sht ishlab chiqarish" yo‘lga qo‘yish zarurligiga e’tibor qaratdi.

“Uy xo‘jaligida chorva mollarini ko‘paytirish tajribasi allaqachon eskirgan va ko‘p jihatdan O‘zbekistonda go‘shtni qayta ishlash rivojlanishiga zarar yetkazmoqda, shuning uchun shoshilinch ravishda go‘sht sanoat ishlab chiqarishini tiklash zarur”, - deydi ekspert.

Mutaxassis respublika Rossiya, Mongoliya, Belarus, Ukraina, Germaniya, Niderlandiya, Kanada, Vengriya va boshqa mamlakatlarda yangi go‘sht yetkazib beruvchilarni topishga harakat qilishi mumkin. Biroq go‘sht jo‘natuvchi korxonaning uzoq masofada joylashuvi go‘sht xom ashyosi narxiga ham ta’sir qiladi, deya xulosa qildi Gordeyev.

Yangiliklar lentasi
0