TOShKENT, 20 yanv – Sputnik. Bloger Nafosat Olloshukurova O‘zbekistonni tark etdi, deb xabar qildi mahalliy OAVlar.
“So‘nggi ma’lumotga ko‘ra, hozirgi vaqtda u MDH davlatlaridan birida va Yevropaga borishni rejalashtirmoqda”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yil 23-sentabrda Nafosat Olloshukurova ma’muriy qamoqqa olingandi. Uch kundan so‘ng u Urganch shahridagi ruhiy kasalliklar dispanseriga joylashtirildi, 2019-yil 28-dekabrda esa shifoxonadan chiqdi.