TOShKENT, 20 yanv - Sputnik. Toshkent mexanika zavodi “Lokomotiv” futbol klubidagi o‘z ulushini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshiradi. Bu haqda kompaniya Yagona korporativ ma’lumot portalida e’lon qildi.
Dekabr oyi boshida respublika rahbari Shavkat Mirziyoyev "O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichiga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. Hujjat bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshiriladigan futbol klublari, hokimliklar va xo‘jalik subyektlarining klublardagi ulushlarining ro‘yxati tasdiqlangan.
Hozirda futbol klublarining asosiy aksionerlari davlat kompaniyalari hisoblanadi.
Masalan, Toshkent mexanika zavodi “Lokomotiv” FKning 58,2% , “O‘zbekiston temir yo‘llari” 20,9%, "O‘ztemiryo‘lovchi" 20,9% ulushiga egalik qilishadi.
“Dinamo” FK 100% Samarqand viloyati hokimiyatiga, "O‘zmetkombinat" esa “Metallurg” klubining 100% aksiyalariga egalik qiladi.
“Buxoro” FKning 80% Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga, 20% Buxoro viloyati hokimiyatiga tegishli, ammo “Paxtakor” FKning atigi 20% Toshkent shahar hokimiyatiga tegishli. Qolgan 80% SFI Management Group tomonidan boshqariladi.
“Bunyodkor” bir vaqtning o‘zida beshta aksionerga ega, ammo asosiylari “O‘ztransgaz” (61,8%) va “Neftegazmontaj” (30,2%).
Klublarning ushbu va boshqa aksiyalari keyinchalik xususiy tadbirkorlarga sotish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshiriladi.
Ushbu chora O‘zbekistonda futbol rivojiga foyda keltirishi kutilmoqda.