TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Toshkent farmatsevtika instituti rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Alimdjanov Ibrohim Inamovich 61 yoshida vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi ma’lum qildi.
Alimdjanov 1959-yilda Andijon shahrida tug‘ilgan.1982 yilda O‘rta Osiyo pediatriya tibbiyot (hozirgi Toshkent pediatriya tibbiyot) institutini muvaffaqiyatli tamomlagan. Andijon shahar 2- bolalar shifoxonasi vrach interni, ordinatori, davolash ishlari bo‘yicha bosh vrach o‘rinbosari, keyinchalik Andijon davlat tibbiyot initituti kafedra assistenti, dotsenti va kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
U 2012-2018 yillarda mazkur institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori va rektori vazifasida ham ishlagan. I.Alimdjanov 2018-yildan Toshkent farmatsevtika instituti rektori sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
SSV marhumning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.