TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Toshkentda otasiga pichoq bilan tan jarohatlari yetkazgan o‘gay o‘g‘ilga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, hodisa 1-yanvar kuni sodir bo‘lgan. O‘sha kuni 32 yoshli O.R. Uchtepa tumanida yashovchi o‘gay otasi 52 yoshli V.Z.ning uyiga mehmon bo‘lib keladi. Ular spirtli ichimliklar ichib o‘tirishganda oralarida kelishmovchilik yuzaga keladi. Janjal vaqtida fuqaro oshxona pichog‘i bilan o‘gay otasiga tan jarohatlari yetkazadi. Jarblangan V.Z. shifoxona olib borilgan.
Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi (“ Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.