Toshkent dunyoning eng arzon shaharlaridan biri – xalqaro reyting

© Sputnik / A. Varfolomeyev / Mediabankka o‘tishProspekt imeni Mirzo-Ulugbeka v Tashkente
Prospekt imeni Mirzo-Ulugbeka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Internet portalida e’lon qilingan reytingga ko‘ra, yashash va ijara narxlari bo‘yicha Toshkent dunyoning eng arzon shaharlaridan biri ekan.

TOShKENT, 18 yanv - Sputnik. Numbeo  nomli internet manbaasi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent yashash uchun dunyoning eng arzon shaharlaridan biri ekan.

Logotip agentstva Fitch Ratings - Sputnik O‘zbekiston
Nufuzli xalqaro reyting agentligi Fitch Ratings Toshkentga "BB-" maqomini berdi

Reytingga ko‘ra, eng qimmat shaharlarbirinchi beshligida Shveysariyaning Surix, Bazelb Lozannab Jeneva va Bern shaharlari kiritilgan.

Ulardan so‘ng Norvegiyaning 4ta shahri Stavanger, Oslo, Tronxeym, Bergen hamda Islandiyaning Reykyavik shaharlari kiritilgan.

Shuningdek Tokio – 18, Seul – 23, London – 28,  Singapur – 29,  Amsterdam – 38, Los-Anjeles – 50, Xelsinki – 90, Rim -114, Frankfurt – 124, Dubay – 152, Stambul - 325 o‘rinlarni egallagan.  

MDH shaharlari orasida eng qimmati Moskva bo‘lib, u reytingda 251-o‘rinni egallagan.

Markaziy Osiyo shaharlari esa reyting oxiridan, ya’ni yashash uchun eng arzon bo‘lgan shaharlar qatoridan o‘rin olgan. Qozog‘istonning Ostona va Olma-Ota shaharlari 386, 389 - o‘rinlarda, Bishkek – 410 o‘rinda, Toshkent – 413 o‘rinda.

Portal e’lon qilgan reytingda dunyoning 440 ta eng yirik shaharlari kiritilgan.

Numbeo reytingini hisoblashda mutaxassislar bir oylik yashash xarajatlari, xonadon ijarasi xarajatlari, ovqatlanish va transport hamda tibbiyot xozmatlari shuningdek aholi daromadini ham hisobga olishgan.

Yangiliklar lentasi
0